Yuqorida qayd etilgan keskin muammolardan biri sayyorviy geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining o’ziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taalluqli ekanligidir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosfyerada, bir qismi okeanlarda to’planmoqda, ya’ni chiqindilar izsiz yo’qolmaydi. Endi ular umumbashariyat hayotiga xavf tug’dirmoqda. Shu tufayli ham sayyoraviy geoekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yo’llarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi echimini kutayotgan bosh masala bo’lmog’i darkor. - Yuqorida qayd etilgan keskin muammolardan biri sayyorviy geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining o’ziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taalluqli ekanligidir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosfyerada, bir qismi okeanlarda to’planmoqda, ya’ni chiqindilar izsiz yo’qolmaydi. Endi ular umumbashariyat hayotiga xavf tug’dirmoqda. Shu tufayli ham sayyoraviy geoekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yo’llarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi echimini kutayotgan bosh masala bo’lmog’i darkor.
- Sayyoraviy geoekologik muammolarga quyida qisqaroq tarzda bo’lsa ham to’xtalamiz.
Dunyo “issiqxonasi samarasi”. Yer atmosfyerasi tarkibidagi barcha gazlar o’ziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (SO2) Yerdagi xaroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning ”ko’rpasi” hisoblanadi. Is gazining atmosfyera havosi tarkibidagi ulushi foiz bo’yicha 0,03 ni tashkil etsa-da, mavsumlar davomida tabiiy holda o’zgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir inson tomonidan yiliga o’rtacha 22 mlrd.. tonnadan ortiq is gazi atmosfyeraga chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfyera tarkibidagi ushbu gaz miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ga oshgan. XXI asr o’rtalariga borib, 40% ga ortishi bashorat qilinmoqda. Yerdagi haroratning o’rtacha ko’rsatkichi (15o atrofida) ko’tarilishi aynan ushbu gaz miqdorining ortishi bilan bog’liq. Is gazi Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli nurlarni ko’p qaytarib, ayni vaqtda Yerdan qaytgan uzun to’lqinli nurlarni tutib qolishi - “issiqlik samarasi” jarayonini ro’yobga chiqaruvchi asosiy manbadir. - Dunyo “issiqxonasi samarasi”. Yer atmosfyerasi tarkibidagi barcha gazlar o’ziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (SO2) Yerdagi xaroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning ”ko’rpasi” hisoblanadi. Is gazining atmosfyera havosi tarkibidagi ulushi foiz bo’yicha 0,03 ni tashkil etsa-da, mavsumlar davomida tabiiy holda o’zgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir inson tomonidan yiliga o’rtacha 22 mlrd.. tonnadan ortiq is gazi atmosfyeraga chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfyera tarkibidagi ushbu gaz miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ga oshgan. XXI asr o’rtalariga borib, 40% ga ortishi bashorat qilinmoqda. Yerdagi haroratning o’rtacha ko’rsatkichi (15o atrofida) ko’tarilishi aynan ushbu gaz miqdorining ortishi bilan bog’liq. Is gazi Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli nurlarni ko’p qaytarib, ayni vaqtda Yerdan qaytgan uzun to’lqinli nurlarni tutib qolishi - “issiqlik samarasi” jarayonini ro’yobga chiqaruvchi asosiy manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |