Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar Reja: Geografik xaritalar — bilim manbayi



Download 19,43 Kb.
Sana13.02.2020
Hajmi19,43 Kb.
#39609
Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar

Reja:

  1. Geografik xaritalar — bilim manbayi.

  2. Geografik xaritalarning tasnifi.

  3. Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari.

  4. Geografik globus.

1.Geografik xaritalar — bilim manbayi.

Turli mazmundagi va masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foydalanishi talab qilinadi. Kursning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga taalluqli bo‘lgan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish jarayonida xaritalardan foydalanish shart.



2.Geografik xaritalarning tasnifi.

Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar — o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi.Òasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar:dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar,mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha),mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘-ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi.Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga,asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalardaayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki birbiri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalardeyiladi (6- sinf atlasiga qarang). Xaritalarning qo‘llanilish maqsadiularning masshtabiga,

mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin.Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik,targ‘ibot tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin.

3.Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari.

Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi.Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas“ nomi Merkator tomonidan (1595- yili) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari — bu o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim kartografik qo‘llanmadir.



4.Geografik globus.

Globus— Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo‘lmaydi. Maktab o‘quv globuslari 1 : 83 000 000, 1 : 50 000 000, 1 : 40 000 000, 1 : 30 000 000 masshtabda tayyorlanadi. Mashhur vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048- y.) XI asrda birinchi bo‘lib shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Butun Yer sharini tasvirlagan birinchi mukammalroq globusni 1492- yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika,Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886- yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU geologiya va geografiya fakultetida 1984- yilda H. Hasanov rahbarligida I. Y. Oshev yasagan ulkan „Relyefli globus“ o‘rnatilgan.Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bular maktab globusi, relyefli globus, osmon jismlarini tasvirlovchi globuslardir.Atama, tayanch tushuncha va nomlar Geografik xarita, masshtab, atlas, globus, Beruniy, M. Bexaym, Hoji Yusuf Hay’atiy, H. Hasanov, I. Y. Oshev.

Nazorat uchun savollar

1. Geografik xaritalar qanday turlarga bo‘linadi?



2. Geografik xarita masshtabiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

3. Dastlabki atlas va globus kimlar tomonidan yaratilgan?
Download 19,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish