Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi.
Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash
Geodezik tayanch tarmoqlari punktlarini o’rni punktlarning ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |