Mаvzu: Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumotDavlat poligonometriyasiga oid ma’lumotlar
Markaziy kartografiya- geodeziya fondiga topshiriladi, materiallarning nusxasi esa geodezik tayanch tarmoqlari o’tkazgan tashkilotda saqlanadi. Turli muassasa va idoralar zarur bo’lganida, bu materiallarni Markaziy kartografiya-geodeziya fondidan yoki uning joylardagi bo’limlaridan olib foydalanishi mumkin Davlat geodezik balandlik tayanch tarmoqlari Joydagi o’rni maxsus belgi (marka va reper) bilan belgilanadigan va absolut balandligi aniqlangan nuqtaga balandlik tayanch punkti deyiladi. Bunday punktlar yi’gindisi balandlik tayanch tarmoqlarini tashkil etadi. Balandlik tayanch tarmoqlari punktlarining absolut balandligi geometrik nivelirlab aniqlanadi. Shuning uchun balandlik tayanch tarmoqlari nivelirlash tarmoqlari deb ham yuritiladi. Davlat nivelirlash tarmoqlari aniqlik darajasiga va barpo qilish tartibiga qarab , I, II, III va IV klass nivelirlash tarmoqlariga bo’linadi. I klass nivelirlash yo’li asosan mamlakatimiz territoriyasidagi okeanlar va dengizlar sathini farazan tutashtiruvchi chiziqlar bo’yicha, masalan Boltiq dengizi sathidan Tinch okeaniga qadar, Shimoliy muz okeanidan Qora dengizga qadar o’tkaziladi va hokazo. I-klass nivelirlash yo’llari bir-biri bilan kesishib, yopiq poligon hosil qiladi (6.11-rasm). Poligonning perimetri 3000-4000 km bo’ladi. I-klass nivelirlashda aniq geodezik asboblar va aniq nivelirlash usuli qo’llanilganligidan, olinadigan natija ham yuksak darajada aniq bo’lishi, yo’l qo’yilgan absolut xato ±3 mmdan oshmasligi lozim. Bu yerda (L) nivelirlash yo’li (poligon) ning uzunligi (km hisobida). 9.11-rasm. Nivelirlash yo’llari II-klass nivelirlash yo’llari I-klass nivelirlash punktlari oralig’ida 500-600 km li yopiq poligon tarzida temir yo’l hamda katta daryolar qirg’og’i bo’ylab o’tkaziladi. Nivelirlashda yo’l qo’yilgan absolut chekli xato ±5 mm ga teng. I va II-klass nivelirlash natijasida mamlakatimiz territoriyasidaa yagona balandlik koordinata tizimi vujudga keltiriladi. III-klass nivelirlash II-klass nivelirlash tarmoqlarini zichlash maqsadida yuqori klass nivelirlash punktlari oralig’ida alohida yo’llar yoki bir-birini kesib o’tuvchi poligon tizimi tarzida o’tkaziladi. III-klass nivelirlash II-klass nivelirlash poligonini har birining uzunligi 150-200 km bo’lgan 6-9 poligonga bo’ladi. 1:5000 va undan yirik masshtabli topografik tasvirga olish uchun balandlik tayanch tarmoq tizimini qurishda III-klass nivelirlash poligonining perimetri 60 km bo’lishi mumkin. Bu nivelirlashda yo’l qo’yilgan xato ± 10 mm. Har bir kilometr yo’lni nivelirlash vaqtida nisbiy balandlikni aniqlashda yo’l qo’yiladigan o’rtacha kvadratik xatosi ± 5 mm ga teng. IV-klass nivelirlash yuqori klass nivelirlash tarmoqi punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Bu nivelirlash punktlari topografik tasvirga olish uchun bevosita tayanch bo’lib xizmat qiladi. IV- klass nivelirlashni shunday aniqlikda o’tkazish kerakki, poligon yoki yo’lning balandligidagi absolut xato ± 20 mmdan oshmasin. Har bir kilometr yo’lning balandligini aniqlashdagi o’rtacha kvadratik chekli xato ±10 mm ga teng, Davlat balandlik tayanch tarmoqlari qurish nivelirlash katalogini tuzish bilan yakunlanadi. Nivelirlash katalogida nivelirlash klassi, bajarilgan yili va bajargan tashkilot nomi, marka va reper nomeri, ularning tipi, joylashgan o’rnining tasviri, boshlang’ich reper yoki markazgacha bo’lgan masofa, balandligi, Kronshtadt futshtogidan balandligi ko’rsatiladi. Balandlik tayanch tarmoqlari to’grisidagi materiallar Markaziy Kartografiya-geodeziya fondiga topshiriladi, nusxasi esa nivelirlash ishini bajargan tashkilotda saqlanadi. Biror tashkilot yoki idora, zarur bo’lganida, nivelirlash materiallarini Markaziy kartografiya-geodeziya fondidan yoki uning joylardagi bo’limlaridan olib foydalanishi mumkin. Tayanch so’zlar: nuqta, punkt, geodezik punkt, shoxobcha,reper, marka, geodezik belgi, triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya, astronomiya, geografik kenglik, geografik uzoqlik, uzunlik, radiogeodeziya, kosmik geodeziya, tarmoq, bazis, paralaktik, magistral tayanch tarmoq. Nazorat savollari: 1. Geodezik tayanch tarmoqlarining turlari. 2. Geodezik tayanch tarmoqlari qanaqa uslublar bilan barpo etiladi? 3. Geodezik punkt deb nimaga aytiladi? 4. Triangulyatsiya, Poligonometriya uslubi. Download 0,92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |