Bog'liq Genlar tuzulishi. Genomlar xilma xilligi va ularning strukturasi.
1 GENLARNING TUZULISHI VA ULARNING FUNKSIYASI Gen organizmlar irsiyati va irsiylanishning molekulyar-genetik birligi - moddiy asosini tashkil etadi. Gen - DNK molekulasi polinukleotid zanjirining ma’lum bo’lagi bo’lib, u ma’lum sondagi, ma’lum tartibda ketma-ket joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan bo’ladi. DNK molekulasida joylashgan genlar strukturasining umumlashtirilgan yig’indisi organizmlarning genetik axborotini tashkil etadi. Ular organizm belgi va xususiyatlarining genetik nazorati, irsiylanishini belgilaydi. Eukariot organizmlarda genlarning aksariyat qismi (90% ga yaqin) xromosomalarda joylashgan. Ular organizmning genotipini tashkil etadi. Gaploid sondagi xromosomalarning genlari majmuasi genom yoki kariotip deyiladi. Ular genlarining juda kam qismi sitoplazma va uning organoidlari (plastidalar, mitoxondriyalar va kinetoxorlar) da plazmida, episoma va endosimbiotik plazmogenlar tariqasida joylashgan bo’ladi. Ular plazmogenlar deb, ularning yig’indisi plazmon yoki plazmotip deb yuritiladi.
DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo’lib ularni kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma’lum bir qismi transkriptsiya jarayoni natijasida sintezlangan iRNK molekulasiga aynan ko’chirilgan bo’lib uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axbort iRNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekulyar genetikaning so’nggi dalillarining ko’rsatishicha prokariot va eukariot organizmlar genlari o’zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar.
Prokariot organizmlarda gen strukturaviy yaxlit, butun bo’ladi. Bunda genlar erkin yalang’och holatda bo’luvchi DNK molekulasining uzluksiz bo’lagini tashkil etadi. Ularning genlarida genetik axborot uzluksiz kodlangan bo’ladi. Ularni yaxlit genlar deb yuritiladi.
Eukariot organizm genlari esa ayrim strukturaviy qismlarga bo’lingan bo’ladi. Ularni bo’lingan genlar deyiladi. Eukariot genlari strukturaviy va funktsional jihatidan ikkita guruhdan iborat: a) genetik kodga ega bo’lgan nukleotidlar ekzonlar deb ataladi; b) genetik kodga ega bo’lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi. Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket ma’lum tartibda joylashgan bo’ladi. Eukariot genlarining funktsional holatga kelishi uchun ularning tarkibidagi barcha intronlar qiqib olib tashlanib, barcha ekzonlar esa bir-biri bilan bo’lingan genda joylashgan tartibda ulanib yaxlit gen holatiga keltiriladi. Pre-RNK tarkibidagi intronlarning qirqqib olib tashlanishini splaysing deb nomlanadi. iRNK ning to’laqonli yetishishini ta’min etuvchi molekulyar genetik jarayon protsessing deyiladi.
Prokariot va eukariot organizm genlarining irsiyat va irsiylanishini nazorat qilishdagi funktsiyalari haqidagi ma’lumot keyingi mavzularda beriladi.
Organizmlar genotipini tashkil etgan genlar funktsiyasiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi.