Bog'liq Gaz sanoati va gaz ta’miniti tizimlarini rivojlantirish tarixi. Gaz taqsimlash
Gaz taqsimlash tarmoqlari. Gaz bilan ishlaydigan pechlar eng tejamli bo'lib, ularning foydali ish
k oeffitsiyenti q a ttiq y o n ilg 'i y o n ad ig an pechlarning foydali ish
koeffitsiyentidan 1,3 m arta ortiq bo'lib, umumiy foydali ish koeffitsiyenti 90 foizgacha yetadi. Ularning ishlash jarayonini to'liq avtomatlashtirish mumkin.
Issiqlik sig'imi katta bo'lgan AKX-14 rusumli to'xtovsiz ishlaydigan
gaz pechlari o'txonasining devorlari xom yoki pishiq g'ishtdan, davriy
ishlaydigan pechlarning o'txona devorlari esa olovga chidamli g'ishtdan
231
teriladi. 0 ‘txonaning yuqori qismi olovga chidamli g'ishtdan panjara
shaklida qilib teriladi. Pechning qayrilma tutun yo'llari uch qanotli qilib
o‘rnatilishi kerak. Bu uch qanotli b o iak lar yuzasi issiqlik qabul qiluvchi yuzalar hisoblanib, yonilg‘i mahsuloti haroratining qisqa masofada
to'liq qabul qilinishini ta ’minlaydi. Pechning ustki qismiga yonilg‘i mahsulotidagi chiqindi xillarni bo‘lib yuboradigan tarqatuvchi moslamasi
o ‘rnatilgan b o ‘lib, bu moslama gaz gorelkasining barqaror ishlashini
ta ’minlash bilan birgalikda alanganing orqaga qaytishidan saqlab turadi
(13.1-rasm).
В-В Л -А
k -B
13.1-rasm. G az bilan ishlaydigan A K X -14 rusumli pech: У - ikkilamchi havoni
boshqarish uchun moslama; 2 - gaz maash ’alasi dastasi (gorelka) ; 3 - о ‘txona; 4 -
о ‘txona ustiyopm asi; 5 - to ‘g ‘ridan-to 'g‘ri chiqariladigan tutun mo ‘risi; 6 - о ‘txona
hilini boshqaruvchi о ‘chirgich; 7 - yarim rich yopilgan eshikcha
232
Bu turdagi pechlarning issiqlik berish quvvati 2600 Vt va ikki soat
to‘xtovsiz ishlashga mo'ljallangan.
Gaz gorelkasining ish vaqti 2 soatdan oshgach, pechning issiqlik berish qobiliyati 30 foizgacha oshishi mumkin. Shuningdek, bunday pechlarning asosiy kamchiligi ularning qo'ldan yasalishidir.
Uning texnik ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Ikki o'txonali pechning o'rtacha
issiqlik berish quvvati......................... 2600 kDj/soat
Uzunligi ................................................ 770 mm
Kengligi................................................. 510 mm
Qurilish balandligi...............................2110 mm
Issiqlik beruvchi balandligi................ 1900 mm
Gaz sarfi................................................ 3,6 mVsoat
Issiqlik beruvchi m ay d o n .................. 5,0 m2
Foydali ish koeffitsiyenti................... 90%
G'isht sa rfi............................................ 270 dona
Xona ichidagi egallagan m aydoni.... 0,4 m 2.
13.2-rasm. Gaz yoqilg'isi yordamida
idishda suv isitiladigan uskuna - AGV80:1 -gazyondiruvchi uskuna (gorelka);
2 - olov hilini berkituvchi moslama; 3 -
tutun vo ‘liga ulanuvchi qism iyoki mo ri; 4
- mo ‘rining isitish uskunasiga ulanish
joyi; 5 - issiq suv chiqadigan quvur; 6 -
issiq suv chiqadigan quvurni isitish
uskunasiga ulovchi moslashgan quvurcha;
7 - quvur birlashmalarini zichlash uchun
qo 'yiladigan ashy о ; 8 - qopqoq usti
vopmasi; 9 - isitish uskunasining korpusi;
1 0 - uskuna asosi
Gaz bilan ishlaydigan pechlarning ichida keng qo'llaniladigan
tu rlarid an biri AG V -80 bo'lib,
uning sxemasi 13.2-rasmda keltirilgan. Bu pechlarda yuqori va pastidan issiqlik yo'qolishiga qarshi muhofaza qatlami qopqoq o'rnatilgan.
Pastki qismida to'xtovsiz ishlatilishi m um kin bo'lgan gaz gorelkasi
093-100
233
o ‘rnatilgan. Bu pechning issiqlik berish quvvati 4300 Vt bo'lib, diametri
693 mm va balandligi 2000 mm bo‘ladi.
0 ‘txonadagi gaz gorelkasining yonish jarayonini kuzatuvchi kichik
qopqoqli tuynukcha (11) qo‘yilgan. Pechning yuqorisiga tarmoqlangan
qisqa quvur (7) bilan birlashtiruvchi yana bir tarmoqlangan quvur (5)
ulanadi. Issiqlik beruvchi maydon esa pechning korpusi (9) hisoblanadi.
Gazni kamaytirish va ko‘paytirish avtomatik tarzda boshqaruvchi dasta
(2) bilan amalga oshiriladi. Qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan pechlarni
gaz yoqilg'isiga o ‘tkazish mumkin. Bunda pechning o ‘txonasi olovga
chidamli g‘isht bilan qayta yasaladi va kuldon qismi olib tashlanadi.