GATda axborotni tashkillashtirish va ishlash
GAT, qolaversa, har qanday boshqa axborot tizimi singari kiradigan
ma’lumotlarni keyinchalik ashyoviy shaklda realizastiya qilish maqsadida ishlash va
tahlil qilishning rivojlangan vositalariga egadir. 2.2-rasmda GATning tahliliy ishlashi
sxemasi keltirilgan. Birinchi bosqichda ham geografik (raqamli kartalar, tasvirlar),
ham atributiv axborotni “kollekstiya qilish” amalga oshiriladi. To’plangan ma’lumotlar
ikkita ma’lumotlar bazalarining to’ldirilishi bo’ladi. Birinchi MB kartografik
ma’lumotlarni saqlaydi, ikkinchisi esa ta’rifiy tavsifdagi axborot bilan to’ldirilgan.
Ikkinchi bosqichda fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish tizimi talab etilgan axborotga
ishlov berish va uni tahlil qilish uchun ma’lumotlar bazalariga murojaat qiladi. Bunda
butun jarayon ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining (MBBT) nazorati ostida
bo’ladi., uning yordamida jadvalli va statistik axborotni tez izlash ishini amalga
oshirish mumkin. Albatta, GAT ishining bosh natijasi turli kartalar hisoblanadi.
Geografik va atributiv axborot o’rtasida bog`lanishni tashkil qilish uchun o’zaro
ta’sirning to’rtta yondoshuvi qo’llaniladi. Birinchi yondoshuv georelyastion yoki,
boshqacharoq atalganidek, gibrid yondoshuvdir. Bunday yondoshuvda geografik va
atributiv ma’lumotlar turlicha tashkil qilingan. Ma’lumotlarning ikki tipi o’rtasidagi
bog`lanish ob’yektning identifikatori vositasida amalga oshiriladi. 2.2-rasmdan
ko’rinib turibdiki, geografik axborot o’z MBsida atributiv axborotdan alohida
saqlanadi. Atributiv axborot relyastion MBBT boshqaruvi ostidagi jadvallar shaklida
tashkil etilgan.
Keyingi yondoshuv integrastiyalangan yondoshuv deb ataladi. Bu yondoshuvda ham fazoviy, ham atributiv axborotni saqlash uchun relyastion MBBT vositalaridan foydalanish nazarda tutiladi. Bu holda GAT MBBTga ustqurma sifatida amal qiladi.
Uchinchi yondoshuv ob’yektli yondoshuv deyiladi. Bu yondoshuvning ustun
tomonlari murakkab ma’lumotlar strukturalarini va ob’yektlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni ta’riflashning osonligidadir. Ob’yektli yondoshuv ob’yektlarning
ierarxik zanjirini tuzish va ko’p sonli modellash masalalarini yechish imkoniyatini
beradi.
Keyingi vaqtda birinchi va uchinchi yondoshuvlar sintezi bo’lgan ob’yektlirelyastion yondoshuv keng tarqaldi.
Ta’kidlash lozimki, GATlarda ob’yektlarni ifodalashning bir nechta shakllari
ajratiladi:
nuqtalarning nomuntazam to’ri ko’rinishida;
nuqtalarning muntazam to’ri ko’rinishida;
izoliniyalar ko’rinishida.
Do'stlaringiz bilan baham: |