O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA ” FAKULTETI
“ELEKTRON APPARATLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI” KAFEDRASI
“ SXEMOTEXNIKA “ FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: GARMONIK TEBRANISH HOSIL QILUVCHI QURULMALARNI LOYHALASH. GENERATORLAR
GURUH: 166a-20
Talaba: Bahramov S
Rahbar:Haydarov. A
TOSHKENT 2022
MUNDARIJA:
KIRISH
I-bob Asosiy qism
1.1 Umumiy ma`lumotlar
1.2 Kvarts rezonatori
1.3 Kvarts rezonatorlarining turlari
II-bob Generatorlar
2.1 Generator haqida
2.2 Avtogeneratorning ishlash printsipi
2.3 Avtogenerator sxemalari
2.4 Garmonik tebranishlarning LC generatorlari sxemalari.
2.5 Garmonik tebranishlarning RC-generatorlarining sxemalari
2.6 Garmonik tebranishlarning o'lchov generatorlari
III-BOB Signal generatori
3.1 Signal generatorining ta'rifi
3.2 Signal generatori turlarining qisqacha mazmuni
3.3 Signal generatorining formatlari
Amaliy Qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Sxemotexnika - radiotexnika, aloqa, avtomatika, hisoblash texnikasi va boshqalarning elektron qurilmalarini taxlil va sintez qilish muammolarini o’z ichiga olgan ilmiytexnikaviy yo’nalish. Yuqorida sanab o’tilgan qurilmalarning aniq ishlashini ta’minlash va ularning tarkibiga kiradigan elementlarning parametrlarini hisoblash uchun qo’llanadi. "S." termini 20-a. 60y.larida ko’p funksiyali elektron qurilmalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’lgan. S.ning nazariy bazasini chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari nazariyasi, elektrodinamika, matematik dasturlash, avtomatlar nazariyasi va boshqa tashkil qiladi. Elektr va radioelementlar (rezistorlar, kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va boshqalar) va integral mikrosxemalar elektron qurilmalarning elementlar bazasi sifatida xizmat qiladi.
Integral sxema (IS, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan o’zaro uzviy bog’langan (birlashtirilgan) va o’ta zich joylashtirilgan bo’ladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun mo’ljallanadi. I. s. quyidagi xillarga bo’linadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli bo’yicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili bo’yicha — raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) bo’yicha — kichik (N< 102)? o’rta (N = 102 — —103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga bo’linadi. I. s. elektron hisoblash mashinalari, nazorat-o’lchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |