G’arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan to‘ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh to‘ishining asosiy yo‘li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»28. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |