Biz Qo’qonga sayohatga bordik.
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, maslahat, sevinch, taajjub, gumon,g’azab, norozilik, kinoya kabi mazmunni ifodalaydi.
2. So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr
Sinf xonamiz shinammi?
So’roq gaplar quyidagi vositalar orqali shakllanadi:
3.Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilishga undash, da’vat qilish maqsad qilib qo’yiladi. Bunday gaplar iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, gumon, tashvish, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’lishi mumkin.
Do’stim, Vatanimizning ravnaqi uchun kurash. (buyruq gap)
4.Istak gaplarda biror-bir narsa haqida istak, xohish, orzu kabi tuyg’ular aks ettiriladi. Bunday gaplarning kesimi shart maylidagi (-sa qo’shimchali) fe’llar bilan ifodalangan bo’ladi:
Qani endi, men ham oliygoh talabasi bo’lsam.
Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq,sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin.
1-topshiriq
-Tog’ qushlarining sayrashi,qo’ylarning maragan ovozlariga jo’r bo’lmoqda.-Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk odam!
("Tushunchalar tahlili " metodi orqali yangi mavzu tushuntiriladi)
" Tushunchalar tahlili" metodi
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Gap
|
Gap bir voqea hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir.
|
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
|
Darak gap,so’roq gap, buyruq gap va istak gap
|
Darak gap
|
Biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak gap deyiladi.
|
So’roq gap
|
So’roq olmoshlari,so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanib,so’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea- hodisa haqida axborot olish maqsadida qo’llaniluvchi gaplarga so’roq gap deyiladi.
|
Buyruq gap
|
Kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanib buyruq-xitob ma’nolarini ifodalagan gaplarga buyruq gaplar deyiladi
|
Istak gap
|
Kesimi shart-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gaplar istak gaplar deyiladi.
|
-"Zanjir" metodi o’tkaziladi.Unga ko’ra o’quvchilar gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar.Zanjirning halqalarini uzib qo’ymaslik uchun har bir o’quvchi gap tuzishi kerak bo’ladi.
IV. Mustahkamlash:
102-mashq.( Ushbu mashq asosida dialogli matn yaratish. Bunda o’quvchilar rasm asosida og’zaki matn tuzadilar.)
Masalan: Rasmda bahor fasli tasvirlangan bo’lib, bunda o’quvchilar ustozi bilan tog’ sayriga chiqishgan . Botir turli gullardan guldasta yasagan.
-Ustoz bu gullar sizga, -dedi Botir.
-Guldasta uchun rahmat,-deb xursand bo’ldi ustozi.
-Narigi guldastani kimga berasan?- dedi ustoz.
-Barnoga...
-Barno bu gullar senga, -dedi Botir. (Barno xursand bo’ldi).
-Rahmat ,Botir, qaniydi gullar doimo shunday tursa!?
“Teskari test” metodi.
1....................................................................?
A) Onalarni kim sevmaydi!?
B)Men nechun sevaman O’zbekistonni!?
C)Qadamlaringizga hasanot!
D) Dadam ishdan keldilar.
2....................................................................?
A)Bo’yniga ilmoq.
B)Ko’zi ochilmoq.
C)Kitob o’qimoq.
D)Yaxshi ko’rmoq.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga vazifa:103-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |