So‘z birikmasining shakl, grammatik va nominativ ma’noga ega bo‘lishi hamda mustaqil vazifa bajarishi bevosita valentlikning lisoniy kategoriya, til birliklarining barcha grammatik-semantik xususiyatlarini mujassamlashtiruvchi hodisa sifatida talqin qilinishi so‘z birikmasi nazariyasi rivoji uchun muhim omildir. So‘z birikmalarining nominativ funksiyasi muammosi uzoq paytdan buyon muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan biri hisoblanadi. L. V. Shcherba, V. V. Vinogradov, N. N. Prokopovichlar so‘z birikmasini alohida so‘zlarning semantik “yoyilishi” natijasida hosil bo‘ladigan murakkab nominativ birlik sifatida qaraydilar .Bunday yondashuvda so‘z birikmasi alohida so‘zning muqobiliga aylanadi: “... so‘z birikmasi gapning alohida qurilish materiali deb qaralsa, xuddi so‘z kabi tilning nominativ vositalari, predmet, hodisa, jarayon kabilarni atovchi vositalari hududidan joy oladi”.
Har bir birlikning sintaktik tuzilishi, albatta, tilning umumiy tizimiga xos bo‘lgan xususiyat, ya’ni uning har bir birligi asosiy vazifa — kommunikatsiyani ta’minlash bilan bog‘liqdir. Birliklar ichki tuzilishining kommunikatsiya maqsadi bilan bog‘liqligi so‘z birikmasi, gap, matn kabi qurilmalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, so‘z birikmasining kommunikativ funksiya bajarish imkoniyati uning so‘zdan farqli jihatlarini namoyon qilish bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari semantik munosabati yanada yuqoriroq bosqichdagi hodisa — matn shakllanishi asosida turgan tamoyillarning harakati bilan bog‘liq
Sistem tilshunoslik yoki tilga ma’lum bir barqaror ichki qurilishga ega bo’lgan sistema
{butunlik, yaxlitlik) sifatida yondashish shveystariyalik tilshunos F. de Sossyur ta’limoti bilan
bog’liqligi hammaga ma’lumdir. Lekin sistemaviy yondashish dastlab fonologiyada, so’ng
morfologiyada,keyinchalik leksika tahlilida o’z aksini topdi.Sintaksisga sistem tahlil 50-yillarda
kirib kela boshladi va 60-70 -yillarda keng miqyosda yoyildi. Sintaksisni sistem tahlil qilish
asosida o’nlab mukammal nazariyalar yaratiddi. Generastiya,transformastiya nazariyalari,
tarkibli bo’laklar nazariyasi,daraja nazariyasi shular jumlasidandir.60-yillarga kelib, sistem
sintaksis turli-tuman xususiy muammolarning muhokama va munozarasidan ayrim tillarning
mukammal sistem sintaksisini yaratishga qarab rivojlandi. Rus tilshunosligida bu masala butun
jiddiyligi bilan 60-yillarda qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |