Musobaqa maksadi va vazifalari
Bu bo‘limda musobaqa o‘tkazayotgan tashkilotning o‘z oldiga ko‘yadigan asosiy maksadi va vazifalari ochib beriladi:
- sport jamoalarida o‘kuv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning axvolini tekshirish;
- terma jamoa tarkibini to‘ldirish maksadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo‘yicha saralab olish;
- sport tashkilotlari va sportchilar o‘trasida do‘stlik alokalarini mustaxkamlash;
- axoli o‘rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shuјullanishga jalb kilish.
Bo‘limda musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga umumiy raxbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek musobaqani o‘tkazish anik kimga yuklatilishi; musobaqalar joyini tayyorlash, sportchilar va xakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovkatlantirish,ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o‘ikazish uchun kim javobgar bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Bo‘limda musobaqalarda katnashish uchun kaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning kanday yosh guruxlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko‘rsatiladi.
Ushbu bo‘limda musobaqalarni o‘tkazish xususiyati va usullari ko‘rsatiladi. Kunlar bo‘yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif kilinadi.
SHaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobaqalarida sinov tizimi belgilanadi. Egallangan o‘rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya kilinadi.
Ushbu bo‘limda kelish vakti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib o‘tiladi, shuningdek moliyaviy xarajatlar kimning xisobidan bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Bu bo‘limda mukofotlar sanab o‘tiladi: musobaqalar ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek ularni tayyorlagan trenerlar kaysi o‘rin uchun xamda nima bilan takdirlanishlari ko‘rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari ko‘rsatiladi, ya’ni eng yaxshi texnika uchun, јalabaga bo‘lgan irodasi uchun, tushe bilan ko‘p marta јalaba kozonganligi uchun.
Musobaqalar nizomlariga bulgan asosiy talablar kuyidagilardan iborat: aniklik, ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talkin kilinishining bo‘lmasligi. Ushbu xujjat amaldagi koidalarga asoslanib tuziladi va musobaqa o‘tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiklanadi. Tasdiklangandan so‘ng u ishtirokchilar va xakamlar kollegiyasi uchun majburiy xisoblanadi.
Musobaqalarda xizmat ko‘rsatish uchun xakamlar kollegiyasi kurash federatsiyasining xakamlar komissiyasi tomonidan tayinlanadi va musobaqa o‘tkazayotgan sport tashkiloti tomonidan tasdiklanadi. Xakamlar kollegiyasi bosh xakam, bosh kotib, gilam raxbari, arbitr, yon xakam, sekundomerchi-xakam, axborotchi-xakam, musobaqalar vrachidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |