2-Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, o'ziga xosligini tushintiring ? Fuqarolik jamiyati fanining predmeti bu- uzoq va bosqichma -bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo'lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr- bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki ,jamiyatshunos olimlarning but jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari ,Birinchi Presidentimiz Islom Karimov tomonidan O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning "O'zbek modeli" ga xos nazariy qarashlar, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatning rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fani O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti,Sotsiologiya, O'zbekiston tarixi,Falsafa,Milliy g'oya :asosiy tushunchalar va tamoyillar ,Iqtisodiyot nazariyasi kabi fanlar bilan o'zaro bog'liqdir.Ijtimoiy -siyosiy fanlarda fuqarolik jamiyati va davlat tushunchalari uzoq vaqt farqlanmay keldi, ular aynan tushunchalar sifatida qabul qilindi.Biroq XVII. asr o'rtalariga kelib bunday qarash asta -sekin o'z ahamiyatini yo'qotdi.Fuqarolik jamiyati -o'zini -o'zi rivojlantiruvchi va o'zini -o'zi boshqaruvchi tizim. Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan rang-barang munosabatlar o'rnatib , o'zlarining ba'zan qarama-qarshi manfaatlarini ro'yobga chiqarib ,jamiyat siyosiy hokimiyat kuchiga ega bolgan davlatning aralashuvisiz uyg'un va izchil rivojlanishini ta'minlaydilar . Fuqarolik jamiyati o'zining davlatdan mustaqil o'zini-o'zi ichki rivojlanish manbasiga egadir. Fuqarolik jamiyati fanining o'ziga xosligi shundan iboratki, u jamiyatning rivojlanib boruvchi bir butun yaxlit tizim va tizimlarning tarkibiy qismi sifatida o'rganadi. 3- Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o'rni va huquqiy asoslari? Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik huquqiy davlat, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi g‘oyat muhim vazifalar bosqichma-bosqich tarzda izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish va rivojlantirishning barcha tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy kafolatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani buning tasdig‘idir.Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishida faol ishtirokini ta’minlash, odamlar tafakkurida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi. Ayni paytda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining xilma-xil institutlarini tashkil etish va rivojlantirish yo‘lidagi tub islohotlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 23 iyunda qabul qilingan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi kabi qator qonunlari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |