Ba'zi mamlakatlarda erkin bozor iqtisodi shakllanish jaraѐnida davlatning ahamiyati pasayib xususiy soha ommabop bo‘la borgani sari, ijtimoiy tabaqalanish kuchaygani holda odamlarning aksariyati butunlay xususiy sohaga o‘tib ketishi ro‘y berganligi kuzatilgan. Xususiy sohaning o‘ta rivojlanib ketishini fuqarolik jamiyati sifatida talqin etish noo‘rin. Boshqacha aytganda, xususiy soha qanchalik rivoj topmasin, fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan holda o‘z manfaatlarini davlat oldida himoya qilish ko‘nikmasi shakllanmas ekan, bunday jamiyatni fuqarolik jamiyati deyish mumkin emas. Bundan tashqari, jamiyat a'zolarida aynan bozor qonuniyatlari negizida yangicha mohiyatga ega bo‘lgan umumiy ko‘nikmalar shakllanishi maqsadga muvofiq. Ma'lumki fuqarolik jamiyati kishilarning umumiy maqsadlari va vazifalari borasida o‘zaro munosabatga kirishishlari va bu munosabatlarni tartibga solish zaruratidan vujudga kelgan hodisadir. U bozor qonuniyatlari tufayli ham emas, hokimiyatning buyrug‘i bilan ham emas, balki jamoatchilikning tashabbusi asosida, erkin fuqarolardan tashkil topgan turli guruh va birlashmalarning mustaqil faoliyati natijasi sifatida pishib yetilgan. Kishilar aynan ijtimoiy foydali faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun ham fuqaro deb nomlanishadi. - Ba'zi mamlakatlarda erkin bozor iqtisodi shakllanish jaraѐnida davlatning ahamiyati pasayib xususiy soha ommabop bo‘la borgani sari, ijtimoiy tabaqalanish kuchaygani holda odamlarning aksariyati butunlay xususiy sohaga o‘tib ketishi ro‘y berganligi kuzatilgan. Xususiy sohaning o‘ta rivojlanib ketishini fuqarolik jamiyati sifatida talqin etish noo‘rin. Boshqacha aytganda, xususiy soha qanchalik rivoj topmasin, fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan holda o‘z manfaatlarini davlat oldida himoya qilish ko‘nikmasi shakllanmas ekan, bunday jamiyatni fuqarolik jamiyati deyish mumkin emas. Bundan tashqari, jamiyat a'zolarida aynan bozor qonuniyatlari negizida yangicha mohiyatga ega bo‘lgan umumiy ko‘nikmalar shakllanishi maqsadga muvofiq. Ma'lumki fuqarolik jamiyati kishilarning umumiy maqsadlari va vazifalari borasida o‘zaro munosabatga kirishishlari va bu munosabatlarni tartibga solish zaruratidan vujudga kelgan hodisadir. U bozor qonuniyatlari tufayli ham emas, hokimiyatning buyrug‘i bilan ham emas, balki jamoatchilikning tashabbusi asosida, erkin fuqarolardan tashkil topgan turli guruh va birlashmalarning mustaqil faoliyati natijasi sifatida pishib yetilgan. Kishilar aynan ijtimoiy foydali faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun ham fuqaro deb nomlanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |