Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQIY



Download 239 Kb.
bet15/28
Sana08.01.2022
Hajmi239 Kb.
#331440
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQIY

MUNOSABATLAR SUB’EKTLARINING TA’SNIFI.
2.1. Fuqarolar – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ektlari sifatida.
Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi

Huquq subyektlarini xarakterlaydigan asosiy huquqiy xususiyatlar huquq va muomala layoqatlaridan iborat. Fuqarolik huquq va burchlariga ega bo`lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e'tirof etiladi (FKning 17-moddasi). Har bir shaxs fuqarolik huquq va burchlariga ega bo`lish layoqatiga molik bo`lmay turib, fuqarolik huquqining subyekti bo`la olmaydi. Bu qoida odatda yuridik shaxslarga taalluqli bo`lsada, jismoniy shaxslar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

Davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, ya'ni muayyan huquq va burchlarga ega bo`lish layoqatini belgilaydi. Huquq layoqatining xarakteri va mazmuni jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlaridan kelib chiqadi.

Fuqarolik huquq layoqati fuqarolarga o`zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida aytilganidek, O`zbekiston Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar. Ya'ni, barcha fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining mazmuni Konstitutsiyaning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” nomli ikkinchi bo`limidagi qator moddalarda keng ta'riflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqarolarning mol-mulkka ega bo`lishi, meros olishi, meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash, fan, adabiyot, san'at asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan va umuman qonunda ta'qiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug`ullanish, shuningdek boshqa keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`lishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun darajasida mustahkamlangan.

O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati mazmunini FKning 18-moddasida mustahkamlab qo`yilgan. Unga asosan fuqarolar:

–mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo`lishlari;

–mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari;

–bankda jamg`armalarga ega bo`lishlari;

–tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo`jaligi bilan hamda qonunda ta'qiqlab qo`yilmagan boshqa faoliyat bilan shug`ullanishlari;

–yollanma mehnatdan foydalanishlari, o`zlari mustaqil ravishda yoki boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar bilan birgalikda yuridik shaxslar tashkil etishlari;

–qonunga zid bo`lmagan har qanday bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda qatnashishlari;

–boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning to`lanishini talab qilishlari;

–mahsulot turini va yashash joyini tanlashlari;

–fan, adabiyot va san'at asarlarining, ixtirolarning, qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo`lishlari;

–shuningdek, boshqa mulkiy va shaxsiy huquqlarga ega bo`lishlari mumkin.

Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqaroning huquq va muomala layoqatidan to`la yoki qisman voz kechishi haqidagi, shuningdek o`z huquq va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o`z o`zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi (qonun yo`l qo`ygan hollardan tashqari), (FKning 23-moddasi). O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasi ayrim fuqarolik huquqlaridan, chunonchi xizmat bo`yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish hollarini ko`zda tutadi. Jinoyat qonunida huquqdan mahrum qilish vaqtincha chora sifatida ko`zda tutiladi1.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasida ko`rsatilganidek, muayyan huquqdan mahrum qilish bir yildan besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Bu muddat o`tgach, fuqaro yana o`zi mahrum qilingan o`sha huquqni qonuniy asoslarda qo`lga kiritishi mumkin bo`ladi.


Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish