Fuqarolarning arxivlari - Har bir shaxsning hayoti va faoliyati davomida uning ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va materiallar o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan xolda davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar (vaqtincha) asrovga olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |