Mavzu: Funksional diagnostika vositalari, kо‘rsatgichlari va parametrlari. Reja



Download 57,26 Kb.
bet1/7
Sana02.07.2022
Hajmi57,26 Kb.
#731102
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M1A-21-Xasanov Sardorbek


Mavzu: Funksional diagnostika vositalari, kо‘rsatgichlari va parametrlari.


Reja:

  1. Funksional diagnostika vositalari

  2. Funksional diagnostika turlari

  3. Funksional diagnostika ko’rsatkichlari va parametrlari

  4. Xulosa



Diagnostika (yun. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. diagnostika fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish diagnostikaning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda t-rasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari diagnostikasida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi (qarang Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar diagnostika uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik diagnostika usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial diagnostika usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi.

Download 57,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish