II bob. Fundamentalizmning g’oyaviy tahdidi.
1.1. Fundamentalizim va uning oqibatlari
Hozirda O‘zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
2010 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida yurtboshimiz Islom Karimov nutq so‘zlab, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.
Shuningdek, O‘zbekiston AQSh, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari kabi qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.
Hozirgi kunda respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat amaldagi qonunlarimizga zid ravishda konstitutsion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi.
Ta’kidlash joizki, DEO a’zolari diniy e’tiqodi yoki dunyoqarashi uchun emas, balki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi yoki Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi va boshqa qonunlarimizda aniq belgilangan jinoiy ishlarni sodir etgani va qonunbuzarligi uchun jazoga tortiladi. Aldanib oqimga kirib qolgan shaxs o‘z vaqtida xatosini anglab yetib, pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, Jinoyat Kodeksining 244-2 moddasiga ko‘ra javobgarlikdan ozod etiladi.
Jamiyat OAV, ma’naviyat yo‘nalishda faoliyat yuritadigan tuzilmalar, jamoat va diniy tashkilotlar orqali fuqarolarni aqidaparast g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
Hossatan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi davlat idoralari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida dastur asosida tizimli faoliyat yuritmoqdalar. Targ‘ibot va tushuntirish ishlari OAV, Internet, tele- va radiodasturlardagi chiqishlar, o‘quv muassasalari, mahalla fuqaro yig‘inlari, turli tashkilot va korxonalarda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish shakllarida amalga oshirilmoqda.
Olimlar va ulamolarimiz, soha mutaxassislari tomonidan aqidaparastlikning turli ko‘rinishlarini fosh etuvchi qo‘llanmalar nashr etilib, aholining keng qatlamlari ichida tarqatilmoqda.
Ulamolarimiz juma ma’ruzalarida, chegara hududlarda davriy ravishda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda mutaassib da’vatchilarning soxta da’volarini dalillar bilan fosh etib, aholini, ayniqsa, yoshlarni aldovlarga uchmaslikka chaqirmoqdalar.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘MI, TIU, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda 200 dan ziyod ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi. DIQ, TIU, O‘MI internet saytlariga mavzuga oid yuzdan ziyod maqolalar joylashtirildi.
Shu bilan birga, diniy-ekstremistik guruhlar, jihodiy jamoa va ularning da’vatchilari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining tobora kengayib borayotgani respublikamizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining aksiltarg‘ibot ishlarini faollashtirishi, ularni yangi, ta’sirchan va ommabop usul va shakllarni amalga oshirishni taqazo etmoqda.
So‘nggi vaqtda qo‘ni Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, Tolibon harakati va mazkur mamlakatdagi boshqa terrorchi guruhlarning Markaziy Osiyo respublikalariga chegaradosh hududlarda to‘planayotgani haqidagi ma’lumotlar bizni yanada hushyor bo‘lishimiz lozim ekanidan dalolat bermoqda.
Davlatimiz Rahbari tomonidan jamiyatimizning ma’naviyatini yuksaltirish, aholini yot va soxta diniy g‘oyalar ta’siridan saqlash, hushyorlik va ogohlikni da’vat etishda diniy soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanganiga barchamiz guvohmiz. Mazkur e’tirof diniy soxa xodimlarini jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni avaylab-asrash yo‘lida yanada fidokorona faoliyat yuritishlariga undaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:
- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo‘lib yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
- o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan foydalanish;
- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;
- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g‘oyalari zamirida g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;
- Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro markazi, O‘MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom ta’limotlarini yoritishga bag‘ishlangan hamda turli norasmiy, g‘arazli oqimlar tomonidan da’vo qilinayotgan g‘oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;
- mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok etish, mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan suhbatlarda ishtirok etish;
- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo‘qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;
- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o‘tkazishga urg‘u berish.
Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishda koʻrinadi.
Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam boʻldi.
Terrorizm (lotincha “qoʻrqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qoʻporuvchilik sifatida namoyon boʻlmoqda.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Mutaassiblik muayyan gʻoyalarning toʻgʻri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “oʻzgalar” va “oʻzgacha” qarash va gʻoyalarga murosasiz munosabatda boʻlish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon boʻladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yoʻnalishlar orasida keskin nizo va toʻqnashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati oʻz nomini muqaddas islom dini bilan bogʻlashga urinadi. Ular oʻzlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
“Islom” soʻzining lugʻaviy maʼnolaridan biri “tinchlik” boʻlib, u hech qachon buzgʻunchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzgʻunchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni oʻzlarining maslaklariga aylantirib olganlar.
Qurʼoni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh gʻazab qilgay, laʼnatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qoʻygay”.
Hadislarda ham bu borada koʻplab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan koʻra, yorugʻ dunyoning barbod boʻlib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda koʻplab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy batalьoni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (Gʻalaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur oʻylangan strategiyaning bir qismidir.
Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazi, taʼbir joiz boʻlsa, “gʻoyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim. Shu oʻrinda, diniy-ekstremistik oqimlarni bajaradigan funktsiyalariga koʻra shartli ravishda 3 guruhga boʻlishimiz mumkin.
Birinchi guruhga kiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi odamlarni goʻyoki “islomlashtirish”, “taqvoga chaqirish”dan iborat. Bunday guruhlar qatoriga “Tabligʻchilar” harakatini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh tashkilotlari esa aholiga mutaassiblik gʻoyalarini singdirish, ulardan muayyan gʻoya va rahnamoga ogʻishmay, soʻzsiz ergashadigan “kadr”larni tayyorlash bilan shugʻullanadi. Bunday guruhlar qatoriga “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin.
Uchinchi guruhga mansub harakatlar esa hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb eʼlon qilib, u yerdagilarni “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna oʻchoqlariga jalb qilish, qoʻlga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini notoʻgʻri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shugʻullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.
Oxirgi paytlarda dunyoning koʻplab mintaqalarini qamrab olgan terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq muammolar faol muhokama qilinmoqda. Terrorizm va diniy-ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Oʻzbekiston uchun ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda diniy-ekstremistik, terroristik guruhlar faoliyatida muhim oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda diniy-ekstremistik, terroristik harakatlarga nisbatan olib borilayotgan murosasiz yondashuv natijasida guruh aʼzolari oʻz harakatlarini ochiq namoyon etishni maʼqul koʻrmay, aksincha, xufyona targʻibot-tashviqot ishlari orqali, jumladan internet orqali oʻz gʻoyalarini tarqatish bilan faoliyatlarini jadallashtirishmoqdalar.
Gʻoyaviy jihatdan milliy manfaatlarga zid boʻlgan diniy mazmundagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatishga urinish holatlari Oʻzbekistonda ham kuzatilmoqda. Bu kabi ekstremistik ruhdagi mahsulotlarni internet va boshqa yoʻllar orqali tarqatilishi aholi tomonidan dinning notugʻri talqin etilishiga, kam maʼlumotga ega oʻquvchilar maʼnaviy ongining buzilishiga, turli eʼtiqod va qarashlarga ega boʻlgan odamlar, xususan yoshlar orasida adovat va xusumat uygʻonishiga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, bunday faoliyatlar hukumatga qarshi yoʻnaltirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga muayyan tarzda tahdid solishni maqsad qilgan.
20 asr oxirlarigacha diniy-ekstremizm va aqidaparastlikni tarqatish va aholi orasida yoyishning asosiy qurollari boʻlib turli adabiyot va nashrlar xizmat qilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet tarmogʻi diniy ekstremistik va aqidaparastlik gʻoyalarini tarqatishning eng optimal va qulay manbaiga aylandi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirda turli guruh va oqimlar tomonidan diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targʻib qilishda, jamiyatda norozilik kayfiyatini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga “kufr diyori”, “hijrat”, “jihod”, “shahidlik”, “xalifalikni tiklash” kabi gʻoyalar singdirilib, ular turli toʻqnushuv va nizo oʻchoqlariga jalb qilinmoqda. Turli kuchlarning nogʻorasiga oʻynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni oʻtab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi-jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun koʻpchilikka ayon haqiqatdir.
Internet tarmogʻining chegara bilmasligi, sunʼiy yoʻldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga toʻsiq qoʻyishning iloji yoʻqligini hisobga oladigan boʻlsak, hozirgi kunda bu kabi buzgʻunchi gʻoyalardan aholini, xususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot gʻoyalarga qarshi maʼnaviy immunitetni hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy taʼlimotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon boʻladi.
Turli buzgʻunchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun yoshlarimiz quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozim:
- diniy-ekstremistik ruhdagi saytlarga kirmaslik. Bunday saytlarning alomatlari: joylashtirilgan materiallarda “hijrat” va “jihod”ga daʼvat qilish, dunyoviy hukumat va tuzumlarni kofirlikda ayblash, davlat mustaqilligi, Yangi yil, Navroʻz, 8-mart kabi bayramlarni, tugʻilgan kunni nishonlashni harom deb eʼlon qilish, Afgʻoniston, Pokiston, Iroq, Suriya kabi mamlakatlardagi jangarilarni madh etish. Shuningdek, Muhammad ibn Abdulvahhob, Ibn Taymiya, Nosiriddin Alboniy, Sayyid Qutb, Ayman az-Zavohiriy, Usoma bin Lodin, Abduvali qori, Obid qori, Rafiq qori, Rashod qori kabi aqidaparast shaxslarning kitoblari, fatvolari, audiomurojatlari, savol-javob shaklidagi maʼruzalari mavjudligi;
- ijtimoiy tarmoqlar, turli forumlarda diniy mavzuda ilmoqli, nozik savollar berib suhbatga chorlayotgan shaxslar bilan muloqotdan tiyilish, dunyoviy jamiyatni tanqid qilib, mutaasibona diniy turmush tarzini daʼvat qilayotgan shaxslar bilan umuman aloqa qilmaslik;
- elektron pochta orqali nomaʼlum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi daʼvat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik, yuborilgan elektron materiallarni yuklab olmaslik.
Xulosa
Bu holat aksariyat hollarda maktab, kollej oʻquvchilari va institut talabalari orasida kuzatiladi. Mutaassiblik va aqidaparastlik ruhidagi maʼlumotlarni bilib-bilmay yuklab olish, saqlash yoki uni boshqa shaxslarga tarqatish esa Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1842-moddasiga muvofiq, shuningdek Jinoyat Kodeksining 2441-moddasiga koʻra “Diniy-ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash” eng kam ish haqining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʻyilgan;
- ehtiyoj tugʻilgan diniy mavzudagi maʼlumotlarni faqat “uz” domenida rasmiy faoliyat olib borayotgan davlat va diniy tashkilotlar saytlaridan olish.
Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo oʻzaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho neʼmatlarning qadriga yetish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik oʻz-oʻzidan boʻlayotgani yoʻq, albatta. Bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga ravo koʻrgan cheksiz inoyati boʻlsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy-ekstremizm va terrorizmning nafaqat umumeʼtirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini koʻrsatadi.
Shunday ekan, diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz oʻz masʼuliyatimizni his etishimiz, ogoh boʻlishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.
|
|
Adabiyotlar:
https://en.wikipedia.org/wiki/Foreign_trade_of_the_United_States
https://en.wikipedia.org/wiki/Foreign_trade_of_the_United_States
https://tradingeconomics.com/
https://en.wikipedia.org/wiki/Economic_globalization
https://marketbusinessnews.com/financial-glossary/economic-globalization/
https://stat.uz/uploads/docs/tashqi_savdo_iun_uz.pdf
https://kun.uz/uz/10170321
|
Do'stlaringiz bilan baham: |