Мавзу: фуқаролик жамияти фанининг предмети, объекти, мақсад ва вазифалар



Download 496,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.01.2022
Hajmi496,4 Kb.
#364357
1   2   3   4
Bog'liq
njTwMvn7DZJ2gLUjj3jPaAydBlZtqwCgC24Q2GLO

Birinchi bosqich

shartli


ravishda XVI-XVII asr. Bu davrda fuqarolik

jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy

asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va

savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining

ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, 

tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi kiritish

mumkin. Shuningdek, yagona markazlashgan

davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik

davrida mavjud bo'lgan tengsizlik, 

huquqsizliklarga barham berishga e'tibor berila

boshlandi.

Ikkinchi bosqichi

XVIII asr oxiridan XIX asr

oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan

mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka, 

tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan

dastlabki kapitalizm ko'rinishidagi fuqarolik jamiyati

shakllandi

Uchinchi bosqich

(XIX asr oxiri va keyingi davr) 

vertikal feodal tuzilmalar o'rnini erkin odamlarning

huquqiy tengligi va o'zaro bitimlariga asoslangan

gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi. 

Insoniyatning ko'p asrlik tarixida barcha odamlar, 

ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat'i nazar, jamiyat

hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb 

e'tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular

har kimga o'zini erkin xohish-irodaga ega bo'lgan, o'z

harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob

berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish

imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e'tirof etilgan qator

huquqlar va erkinliklarga ega bo'la boshladi.




Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga

huquqlar haqidagi Bill (Angliya, 1689 y.; AQSh, 

1791 y.) yoki inson va fuqaro huquqlari deklarasiyasi

(Frantsiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim

ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o'z shaxsi, 

ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng

huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va

keraksiz ma'muriy tartibga solishdan xoli teng

imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.Fuqarolik -

bu nafaqat shaxsning huquqiy maqomi, balki uning

ijtimoiy holati hamdir. Huquqiy davlatda qonun

oldida tenglik va bu bilan bog'liq holda fuqarolik

huquqlariga siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar

qo'shiladi. Jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta'minlash

har bir inson nafaqat yuridik va siѐsiy ma'noda, balki

iqtisodiy va ijtimoiy ma'noda ham fuqaroga

aylanishini nazarda tutadi

Huquqiy davlat – bu

shunday bir davlat

hokimiyatdirki, u huquq

normalariga binoan, va

ularning doirasida ish

ko'radi, bu normalarni

buzish, bekor qilish yoki

cheklashga jur'at etmaydi, 

fuqarolar va ularning

birlashmalarining uzviy

tabiiy-tarixiy huquqlarini

e'tirof etadi.



Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro

huquqlarini – davlat ta'minlaydi. Ikkala

holatda ham shaxs huquqlari to'g'rsida so'z

yuritiladi, biroq birinchi holatda ayrim

inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik

huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda –

uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi. 

Inson huquqlari va fuqaro huquqlari

o'rtasidagi farq muayyan asoslarga ega

bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

1) Inson huquqlari davlat tomonidan e'tirof

etilgani va qonun yo'li bilan

mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u 

yoki bu davlatga mansubligidan qat'i nazar

mavjud bo'lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa

mazkur shaxs qarashli bo'lgan davlat

tomonidan himoya qilinadi; 

2) Dunyoda hali anchagina odamlar umuman

fuqarolik maqomiga ega emas (fuqaroligi

bo'lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular

rasmiy darajada fuqaro huquqlariga emas, balki

inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik

jamiyatining vazifasi ijtimoiy hayotning

rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Shu sababli, 

uning asosiy tarkibiy qismlarini vazifalari

qatoriga bu jarayon me'yorda kechishi uchun

shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar

faoliyati tashkil etadi.




Fuqarolik jamiyatining asosiy

belgilari mavjud bo'lib ular

quyidagilardir: - erkin individlar

uyushmasi; - o'zaro hamkorlikka

asoslangan ijtimoiy tuzilma; -

murakkab tuzilishga ega bo'lgan

plyuratilstik tizim; - o'zini o'zi

rivojlantiradigan va o'zini o'zi

boshqaradigan tizim.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:

1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor

munosabatlari;

2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so'zsiz e'tirof etish va himoya

qilish;


3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;

4) qonun va Odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning

yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;

5) hokimiyatning uchga bo'linishi va hokimiyatlarning o'zaro aloqasi

printsipiga asoslangan huquqiy davlat;

6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning

mavjudligi;

7) so'z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;

8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning

o'zaro majburiyatlari va burchlari;

9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;

10) odamlarning munosib turmush darajasini ta'minlovchi samarali

ijtimoiy siyosat.



Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat

ko'rsatadi. Jumladan: - siyosiy sohada hamma

odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; -

butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega

bo'lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va

erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; -

individlarni mulkka ega bo'lish va halol mehnati

uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan

iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan

fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo'yicha

davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy

birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; - partiya va

fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning

erkinligi; - fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma'naviy

va ijtimoiy faol, jamiyat a'zolarini qonun oldida

ma'suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, 

ta'lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa

sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan

davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va

faoliyat yurgizish erkinligi;

- davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi munosabatni

barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus

mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini

ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini

ta'minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo'ladimi, norasmiy

bo'ladimi, u o'z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini

demokratik saylov bilan hokimiyatning, o'z-o'zini

boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni

oladi.



O'zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish

va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni

fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish

mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo'lib

tahlil qilish tavsiya etiladi.

Birinchi bosqich

o'z ichiga 1991-2000 yillarni

qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatda fuqarolik

jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi



Ikkinchi bosqich

(2000-2010 yillar) da mamlakatni

demokratlashtirish va modernizasiyalash bo'yicha

faol jarayonlar davom ettirildi. 2010 yil 12 noyabrda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

―mamlakatda demokratik islohatlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

kontsepsiyasi e'lon qilindi. Bu kontsepsiya

mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

bo'yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi

bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi

bosqichni boshlab berdi.




E'tiboringiz uchun

tashakkur!

Download 496,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish