O'ZBEKISTON RESPUBLIKA OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«MENEJMENT» fakulteti
PUL VA BANK fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: SM 50 guruh talabasi
Tursinbayeva Gulsauir
Tekshirdi: Kenjayev M.
MAVZU: Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi
TOSHKENT-2021
Mavzu: Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi
Kirish
Asosiy qism:
Pulning kelib chiqish tarixi
Pulning miqdoriy nazariyasi
M.Fridmanning zamonaviy miqdoriy pul nazariyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishib iqtisоdiy islоhоtlarni amalga оshiradigan davrdan bоshlab hukumat pul-krеdit munоsabatlariga katta e’tibоr bеrib kеlmоqda, chunki birоn-bir davlat pul sоhasidagi munоsabatlarni yo’lga qo’ymasdan iqtisоdiyotni to’laqоnli rivоjlantira оlmaydi. Tashqi iqtisоdiy munоsabatlar va ichki alоqalarning Rеspublikamiz tanlagan bоzоr iqtisоdiyoti yo’liga mоs ravishda rivоjlanishi pul munоsabatlarining rivоjlanish darajasiga bоg’liqligini alоhida ta’kidlab o’tish zarur. Shu sababli Prеzidеntimiz I.A.Karimоv ushbu masalaning dоlzarbligiga alоhida e’tibоr bеrib: “Hech kimga sir emaski, bugun keng ko’lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya’ni to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag’larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa. Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator kontseptsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” kontseptsiyalarga ajratish mumkin. Tovarli kontseptsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. Pulning tovarsiz kontseptsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘pqirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |