Mavzu: Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi toshkent-2021 Mavzu: Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi Kirish Asosiy qism: Pulning kelib chiqish tarixi Pulning miqdoriy nazariyasi M



Download 101,76 Kb.
bet3/5
Sana25.03.2022
Hajmi101,76 Kb.
#510361
1   2   3   4   5
Bog'liq
Реферат ПУЛ ва БАНК

Pulning miqdoriy nazariyasi
Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi frantsuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek frantsuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib:
– birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti;
ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi ta’limoti hisoblanadi.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi.
M – muomaladagi pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – o‘rtacha tortilgan baho;
Q – tovarlar hajmi;
M1 – bank depozitlari summasi;
V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.
Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi.
MV=PQ
Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proportsional bo‘lgan funktsional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proportsional va tovarlar miqdori Q teskari proportsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funktsional bog‘liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi.
Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi. Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaktsion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner, A.Melttserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog‘laydilar, shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaktsion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi.
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan:
birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir – biriga to‘g‘ri proportsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar;
– ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar, biroq bunga jiddiy e’tibor qaratishmaydi;
– uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o‘zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
– to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul – kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi. Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi nominal YaIMga proportsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog‘liq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan sub’ektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi. Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab nominal YaIMga proportsional degan xulosaga kelishdi va pulga bo‘lgan talab funktsiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi.

Download 101,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish