Tomas MOr
Vilyam Shekspir (1564-1616). Vilyam Shekspir 1564- yilda Angliyaning Stretford shaharchasida qo‘lqopsoz kosib Jon Shekspir oilasida dunyoga kelgan. U dastlabki ma'lumotni “Grammatika maktabi”da olib, lotin tilini o‘rganadi va qadimgi Rim shoirlarining asarlarini katta qiziqish bilan o‘qiydi. 1587-yili London teatriga ishga kirib, sahna xizmatchisidan rejissyorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Aynan shu davrdan Shekspirning ijodiy faoliyati boshlangan. Dastlab pyesalarni qayta ishlab sahnalashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinroq o‘zi dramatik asarlar yoza boshladi va tez orada dramaturg sifatida nom qozondi. 1599- yilda Shekspir “Globus” teatriga qabul qilindi va o‘zining eng sara asarlarini ushbu teatrda sahnalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |