Mavzu: fransuz va ingliz adabiyoti. Shekspir ijodi



Download 1,15 Mb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi1,15 Mb.
#331299
1   2   3
Bog'liq
Fransuz va ingliz adabiyoti. Shekspir ijodi

Vilyam shekspir


Shekspirning adabiy faoliyati uch davrga bo‘linadi. Hammasi bo‘lib u ikki poema, 154 sonet va 37 pyesa yaratdi. Shekspirning adabiy faoliyati “Venera va Adonis”, “Lukretsiya” poemalari va qator sonetlar yozishdan boshlangan. Har ikki poemaning syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan bo‘lsa ham, ularda Uyg‘onish davri ruhi aks etgan. “Venera va Adonis” (1593) 121 poemasida kishining his-tuyg‘ulari va tabiat manzaralari real tasvirlangan. Kitobda muhabbat va go‘zallik ma'budasi Veneraning ko‘rkam yigit Adonisga muhabbati aks ettiriladi. Biroq yigit Veneraning ehtirosli sevgisiga e'tibor bermaydi. Uning istaklarini rad qiladi. Ovga mehr qo‘ygan Adonis Veneraning ogohlantirishlariga quloq solmaydi. Natijada bir kuni ov qilib yurgan vaqtida uni yovvoyi to‘ng‘iz yorib halok etadi. Veneraning hayotga bo‘lgan ehtirosi poemaning markaziy mavzusidir. Bu ma'buda tabiat ramzi hisoblanadi. Yam-yashil dalalar, go‘zal o‘tloqlar, qushlarning yoqimli sayrashlari Veneraning hayotbaxsh intilishlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Adonisning o‘limi uning tabiatga zid xatti-harakatlarining oqibati deb qaraladi, poemada bu dunyo quvonchi o‘rta asr tarkidunyochiligiga qarshi qo‘yiladi. 

Shekspir 1609- yilda 154 sonetdan iborat to‘plamini nashr ettirdi. Uning ilk sonetlarida Italiya Uyg‘onish davri poeziyasining dastlabki vakili Petrarkaning ta'siri ko‘rinsa ham, lekin Shekspir ijodiy evolyutsiyasi davomida bu janrning shartli belgilari doirasini yorib chiqib, sonetlarni yangi mazmun bilan boyitdi. Shekspir sonetlari zamondosh Renessans shoirlari Sidney va Spenser sonetlaridan farq qiladi. Chunki ularning lirik ijodida umumlashtiruvchi holat yo‘q edi. Shekspirning lirik qahramoni o‘ziga xos xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi takrorlanmas hayotiy obrazlardir. Shoir Uyg‘onish davri kishilarining asosiy xususiyatlari – sevgi va do‘stlik, ularning xushchaqchaq hayotga intilishlari, fikr va his-tuyg‘ularini aks ettiradi. “shirin so‘z” deb ataganlar. T

Shekspir merosini olimlar uch davrga bo‘lib o‘rganadilar. Birinchi davrga adibning 1591-1601- yillarda yozgan “Venera va Adonis” (1593), “Lukretsiya” poemalari (1594), 154 sonet (1609) va tarixiy xronikalari kiradi. 

Adib ijodining ikkinchi davriga uning 1601-1608- yillarda yaratgan mashhur sahna asrlari kiradi. Ular “Hamlet” (1600- 1601), “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605-1606), “Makbet” (1606), “Antoniy va Kleopatra” (1607), “Koriolan” (1608), “Afinalik Timon” (1608) fojialaridir.

Shekspir ijodining uchinchi davriga mansub asar “Perikl” (Periclus) 1608-1612- yillarda yozilgan, “Sembelin” (1609-1610), “Qish ertagi” (1610-1611), “Bo‘ron” (1611) tragikomediyalari hisoblanadi.

Shekspir tragediyalarining eng mashhuri “Hamlet” tragediyasi hisoblanadi. Tragediyada tasvirlangan O‘rta asr Daniyasi shartli, ramziy ma'noga ega bo‘lib, Daniya orqali butun Angliya, qirol saroyi, ingliz aristokratiyasi tasvirlanadi. Dramaturg o‘z davri ruhini chuqur anglab yetgan va uni san'at vositalari orqali ifodalay olgan. Shekspir o‘z zamonasi oldinga surgan masalalar, voqea va xarakterlarni yuksak ijtimoiy-falsafiy umumlashtirishlar darajasiga ko‘tardi, kichik davlatda bo‘lib o‘tgan shaxsiy masala orqali Renessansning so‘nggi davrlarida Ovrupa mamlakatlarining hammasida ro‘y berayotgan ijtimoiysiyosiy krizis, umumjahon tarixiy ahamiyatiga ega bo‘lgan ziddiyatlar, asrlar davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy fomatsiyalar  almashishi jarayonini ifoda ettirgan. 


Shekspir “Hamlet”i shoh asar deb tanilishining sababi unda jamiyatning eng katta muammolari – tarix, davlat, siyosat, falsafa, axloq, odob, estetika, din masalalarini qamrab, bularning hammasini san'at tili bilan insonning ruhiy kechinmalari orqali berilishidir. 


Shekspir asarlari XX asrning 30-40 yillaridan boshlab, taniqli o‘zbek adiblari tomonidan ona tilimizga tarjima qilina boshlangan. Ayniqsa uning asarlari G‘.G‘ulom, M.Shayxzoda, Uyg‘un, B.Boyqobilov, J.Kamol tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girilgan. 
Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish