Mavzu: Fransiyada Lyudovik XIV ning ichki va tashqi siyosati Kirish



Download 0,79 Mb.
bet4/7
Sana06.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#640728
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xurramov Abror Fransiyada Lyudovik XIV ichki va tashqi siyosati

1.3. Kolber va “Kolbertizm”
Lyudovik XIV tomonidan o‘tkazilgan ichki siyosatga doir eng muhim ishlarning hammasi va tashqi siyosatga doir ishlarning ko‘pi Kolberning bevosita qatnashuvi bilan amalga oshirildi. 1655 yildan e’tiboran Kolber bosh moliya nazoratchisi degan unvonga ega bo‘ldi. Bu yillarda moliya boshqa siyosiy masalalarni o‘z atrofida to‘plagan bir negiz bo‘lganligidan, Kolber hukumatida birinchi o‘rinda turdi. Oddiy qora kiyim kiygan, qirol oldidagi yoki qirolning eshigi oldida kutib turgan vaqtida salobatli qomatini egibturuvchi va hamisha qo‘ltig‘ida popka olib yuruvchi Kolber dabdabali yaltiroq kiyimlar kiygan takabbur saroy zadagonlari ichida o‘z rolini qirolning oddiy bir xizmatchisi deb bilar edi.12
Oddiy qora kiyim kiygan, qirol oldidagi yoki qirolning eshigi oldida kutib turgan vaqtida salobatli qomatini egibturuvchi va hamisha qo'ltig'ida popka olib yuruvchi Kol`ber dabdabali yaltiroq kiyimlar kiygan takabbur saroy zadagonlari ichida o'z rolini qirolning oddiy bir xizmatchisi deb bilar edi. Oddiy bir burjuaning o'g'li bo'lgan bu kishi, ya'ni xizmat darajasi tobora yuqori ko'tarilib borayotgan bu kishi feodal-absolyustik tuzum manfaatlariga allaqanday bir o'tayotgan mutassibona tarzda sodiq edi. O'zi kechayu-kunduz ishlab boshqalarni ham majbur etar edi. U o'yin - kulgi nima ekanligini aslo bilmas edi. Kol`berning butun hayoti ziddiyatli mushkul vazifani, davlat daromadlarini ko'paytirish, shu bilan bir vaqtda eski soliq sistemasini saqlab qolish, burjuaziyadan olinadigan kreditni kamaytirish va dvoryanlarning aromadlarini ko'paytirish kabi vazifalarni bajarishga bag'ishlangan edi.
Oddiy bir burjuaning o‘g‘li bo‘lgan bu kishi, ya’ni xizmat darajasi tobora yuqori ko‘tarilib borayotgan bu kishi feodal-absolyustik tuzum manfaatlariga allaqanday bir o‘tayotgan mutassibona tarzda sodiq edi. O‘zi kechayu-kunduz ishlab boshqalarni ham majbur etar edi. U o‘yin - kulgi nima ekanligini aslo bilmas edi. Kolberning butun hayoti ziddiyatli mushkul vazifani, davlat daromadlarini ko‘paytirish, shu bilan bir vaqtda eski soliq sistemasini saqlab qolish, burjuaziyadan olinadigan kreditni kamaytirish va dvoryanlarning daromadlarini ko‘paytirish kabi vazifalarni bajarishga bag‘ishlangan edi.13
Qishloqda Mazarini zamonida boshlangan senorlar reaksiyasi Kolber zamonida to‘la ravishda davom etdi. 60-yillarda senorlar tomonidan dehqonlardan olinayotgan majburiyatlar va soliqlarning umumiy hajmi g‘oyat darajada oshganligini intendantlar turli viloyatlardan xabar qilar edi. 50-yillarning oxirida davlatga yiliga 50 million livr daromad bergan tale solig‘i Kolber zamonida aksincha asta-sekin kamayib, 35 million livr daromad beradigan bo‘ldi. Soliq to‘lovchilar sonining ko‘payishini e’tiborga olib, Kolber talya solig‘i miqdorini uchdan bir hissadan kamaytirgan, shu bilan birga senorlar rentasining uchdan bir hissa ko‘payishiga imkon bergan edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ish kurashsiz o‘tmadi, senorlar bundan ham ko‘proq daromad olmoqchi edi. Bularning dehqonlarga nisbatan o‘tkazayotgan tazyiqini har holda bir oz bo‘lsada, cheklash maqsadida, 60-yillarda bir qancha tadbirlar ko‘rishga to‘g‘ri keldi, bu tadbirlar dehqon xo‘jaligini vayron bo‘lishdan saqlab qoldi, xususan jamoa erlarining 1630 yildan keyin o‘tkazilgan barcha musodarasini bekor qildi.
Sayyor sud sessiyalari joylarda senorlarning suiste’mol qilishlarini va zo‘ravonliklarini qirol nomidan tekshirib-tergab chiqdi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan xazina dehqonlardan endilikda ilgarigi vaqtlardagiga qaraganda ko‘p soliq olar edi. Dvoryanlarga o‘z daromadlarini oshirish uchun imkon berish maqsadida, Kolber davlat solig‘ining tegishli hissasini savdo va sanoat ustiga ya’ni xalq xo‘jaligining senorlar ekspluatatsiyasi kirib bormagan sektori ustiga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Kolber solig‘ini kamaytirib, egri soliqlarni, masalan, vino sotishdan aksizni (ed) bir necha barovar ko‘paytirdi, bu soliq batamom deyarli shahardagilar zimmasiga tushdi. Kolber uchun xarakterli bo‘lgan narsa katta korxonalarga e’tibor berish va tarqoq manufakturalarga e’tibor bermaslik edi. Biroq markazlashgan yirik manufakturalar ko‘paya olmadi, masalan: nafis tur ishlab chiqarish, uni markazlashtirish yo‘lidagi urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqqanidan keyin, qadimgi kosibchilik holatiga qaytarildi. 14
Abbelvil shahridagi zan-Robening mashhur eng yirik manufakturasi haqiqatda ko‘p xonadonga tarqalgan edi. Xalq o‘z taqdiriga shunchaki tan berib qo‘ya qolmadi. Ocharchilik yillarida qishloq va shaharlarda hannotlarga qarshi g‘alayonlar ko‘tarildi. Biroq dehqonlar bilan plebeylarning sinfiy kurashi asosan kishining qurbi etmaydigan majburiyatlarni o‘tashdan va soliqlarni to‘lashdan bosh tortishda ifodalandi. Ba’zi qishloqlar va qavmlar ba’zan talya to‘lashdan bir ikki yilgacha qattiq turib, bosh tortdi. SHunday hollar ro‘y berardiki, moliyachi amaldorlar yaqinlashib kelishi bilan qishloqlarning aholisi yoppasiga o‘rmonlarga yoki tog‘larga chiqib ketishar edi. Soldatlarning katta yoki kichik otryadlari yordami bilan soliq undirilar edi. Fransiya tuprog‘ida kundan-kunga, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin haqiqiy urush borar edi. Labyuer ongida ham g‘oyat katta xayrixohlik bilan tasvirlar ekan, goh vaqtlarda xalq bilan omma bilan jangovar ittifoq tuzish mumkin, degan fikrga etib borar edi, goh vaqtlarda esa umidsizlikka tushib, o‘zi uchun og‘ir bo‘lgan, ya’ni mavjud tartib bilan murosaga kelish zarur, degan fikrga moyil bo‘lar edi. XVII asrdagi ilg‘or adabiyot o‘zining shunday realizm xususiyatlari bilan ham progressiv tarixiy rol, o‘ynaydiki, bu xususiyatlar, masalan, Molerning bir nechta pessasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu adabiyot aql-idrokni shunday ulug‘lash bilan ham progressiv tarixiy rol o‘ynaydiki, bu ulug‘lash XVIII asrdagi ratsionalizm uchun zamin hozirlab berdi. 15
Frantsiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g'oyat darajada holdan toygan edi. Bu urushning 1713 yilda tamom bo'lishi Frantsiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutilishi bo'ldi. Biroq darhol moliya reformalari o'tkazish zarur edi. Kamomad, 2, 5 milliard divrga yetib, sof yillik davlat daromadidan 32 baravar ortiq edi. Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o'lgan vaqtda xalqning nafrat bildirishidan qo'rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi - Lyudozik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilgan bo'lishiga qaramay, Parij parlamenti Lyudovik XIV ning jiyani, gertsog Flip Orleanskiy regent deb e'lon qilindi, Parij parlamentining ilgarigi vaqtidagi huquqlarini tiklashga va'da oldi.
Flip Orleanskiy regentlik davri 9 yil davom etdi. U Lyudovik XIV tomonidan bekor qilingan huquqlarini tikladi. Jamiyatdagi vaziyat shunday ediki, sinf sifatida burjuaziyada yon berilmaganida ham, loaqal burjuaziya orasida o'z ta'sirini yo'qotmagan amaldor aristokratiya doiralariga bir muncha yon berish kerak edi. Siyosiy avf umum e'lon qilindi. Yassenchilarni va gugenotlarni ta'qib qilish to'xtatildi. Parij parlamenti misli qurilmagan siyosiy mavqega ega bo'ldi.
Davlat apparati shunday bir tarzda qayta tiklandiki, hokimiyat parlamentga tobe bo'lgan 6 ta kengash: tashqi ishlar kengashi, ichki ishlar kengashi, harbiy kengash, dengiz ishlari kengashi, moliya kengashi va savdo kengashi qo'lida bo'ldi. Davlatni idora qilish ishi asosan parlament prezidentlari va maslahatchilari qo'lida bo'ldi. Ammo 1718 yildayoq dvoryanlarning va saroy zodagonlarining tobora g'azablanib borishi ta'siri ostida, shuningdek davlat bankining operatsiyalariga parlamentning qarshi harakat qilishi munosabati bilan Flip Orleanskiy u qadar katta bo'lmagan to'ntarish o'tkazdi, qirol huzuridagi tantanalar bir muncha qisqartirildi.
Kapitalistik manufaktura savdo-sotiq va sudxo'rlik o'sib borishi bilan dehqonlarning sotsial - tabaqalanish protsessi tezlashib va kengroq ichki bozor vujudga kela bordi. Kapitalistik uklad rivojlana borgan sari, XVIII asrning 30-yillaridan boshlab, oziq- ovqat narxi tinmay oshib bordi, narx-navoning tinmay oshib borishi natijasida keng mehnatkashlar ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Barcha frantsuz yer egalari tovar xo'jaligining o'sishiga yordam bergan bozor sharoitidan imkon boricha foydalanishga manfaatdor edi. XVIII asrning 30-yillariga qaraganda 70-yillarda ijara haqi 18%, 80-yillarda esa 22 % ortdi.
Frantsiyada dehqonlarni ekspluatatsiya qilish hamma yerda kuchayib bordi. Ilgari sof feodal usullari yordamida foyda olish bilan bir katorda dehkonlarni kapitalistik metodlar bilan ekspluatatsiya qilish ham paydo bo'ldi.
Fransiyaning shimoliy-sharqida ko'pgina sen`orlar o'zlarining tarqoq yerlarini birlashtirdilar va yiriklashtirdilar. Onda-sonda bo'lsada, ba'zi hollarda sen`orlarning o'zlari yirik xo'jalik yurita boshladilar. Ammo ko'pincha bu yiriklashtirilgan mulklar "bir kishiga" berilmay, balki qisqa muddatga bir qancha ijarachiga beriladi, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirishga xalaqit berardi. Shunga karamay, ba'zi joylarda yerlardan, olingan hosil, hatto inglizlarni ham hayratda qoldirardi. Kapitalistik tartiblar tarafdori bo'lgan frantsuz sen`orlari XVIII asr o'rtalariga kelib lordlar tomonidan dehqonlarni uzoq vaqt talashi natijasida vujudga kelgan Angliyaga qiziqib qarardilar.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish