2.3-rasm. Mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarish haqida ma'lumot yirik ishlab chiqarish korxonalari "O'zavtosanoat" AK 2017-2020 yillar uchun
Iqtisodiyotda maʼmuriy buyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish statistikada ham tub burilish yasadi. Hoz davrda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga oʻtkazish hamda mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xorijiy davlatlar koʻrsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir.
2.4-rasm. Navoiy kon metallurgiya kombinati faoliyati ko`rsatkichlari
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1994-yil 13 sentabrda "Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtkazishning davlat dasturi"ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda.
2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 2 198 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ga oshdi.
2.5-rasm. Sanoatning asosiy ko`rsatkichlari/Основные показатели промышленности/Main industry indicators
Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili – (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan), ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida – 105,1 % ga (jami sanoatdagi ulushi 92,7 %), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash –107,2 % ga (jami sanoatdagi ulushi 4,7 %), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash –105,5 % ga (jami sanoatdagi ulushi 0,9 %) o‘sishidir va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning 11,6 % ga (jami sanoatdagi ulushi 1,7%) kamayishi kuzatildi.
XULOSA
Iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib boruvchi tarmoqqa aylanib borish tamoyili mavjud boMadi, chunki ortiqcha ustama foyda kam foydali tarmoqlardan yangi korxonalarni jalb qiladi. Ammo, tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo boMishi o'z-o'zini cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulotning bozor narxini pasaytiradi. Vaqt o'tishi bilan narx o'z darajasiga etmaydi va iqtisodiy foyda yo'qoladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo'qqa chiqaradi. Iqtisodiy foyda nolga teng bo`lganda, bozor talabi va taklifining bunday nisbati, bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini aniqlaydi. Shu vaziyatda tarmoq o'zining «ishlab chiqarish muvozanatli hajmiga» etadi.
Bozor talabi yoki taklifida yangi o'zgarishlar ro'y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. 0 'z -o ‘zidan aniqki, tarmoq zarar ko'rganda korxona bunday tarmoqda qatnashishga qiziqmaydi. Aksincha, vaqti kelib tarmoqdagi mavjud. bo'lgan korxona o'zining faoliyatini to'xtatgan yoki ancha yuqori foyda keltiruvchi boshqa tarmoqqa o'tgan ma`qul edi. Ammo, bunday holda, zarar ko'rgan tarmoq mahsulotining bozor taklifi bozor talabiga nisbatan qisqaradi va shu bilan mahsulotning narxi zarar yo'qolguncha yana osha boshlaydi. Natijada, tarmoq o'zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va barqarorlashtiradi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini ta’kidlash lozim. Iste’molchilar pul daromadlarini sarflash orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab bildirish etarli darajada ko'p miqdorda to'plansa, korxona shu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor bo'ladi.
Iste’molchi talabining ko'payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi korxonaning zarar ko‘rishiga va vaqti kelib qiyin ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, iste’molchining talabi korxonaning qaysi mahsuloti foyda keltiruvchi ishlab chiqarish bo‘lib qolish masalasini hal qilishida muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |