MAVZU:FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHISH USULLARI ULARNI QO’LLASH SHAROITLARI Reja: 1.Konchilik sanoati va konchilik korxonalari 2.Foydali qazilmalar to’g’risida asosiy malumotlar 3.Kon lahimlari Odamlar tomonidan islatilganda yetarli darajada beradigan, organik va anorganik kelib chiqishga ega bo’lgan tabiy menerallar foydali qazilma hisoblanadi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon bo’ladi. Foydali qazilmalarni qazib olishning yer osti, ochiq, geotexnologik,skvajina va aralash usullari mavjud. Ularni qazib olish konchilik korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. KONCHILIK KORXONALARI Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, karyer, razrez, rudnik, prisk, promisel kabi korhonalar kiradi. SHAXTA-foydali qazilmalarni (asosan ko’mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. KARYER-foydali qazilmani ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. - RUDNIK- Asosan metal rudalari, kon-kimyoviy xomashyo va qurilish materallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
- RAZREZ-Ko’mir qazuvchi karyer.
- PRIYSK-Qimmatbaxo metallarga ega bo’lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
- PROMESEL-Suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi
Yer qobig’i yoki letosfera – bu yuqoridan atmosfera va gidrosfera pastdan mantiya bilan chegaralangan, qalinligi 15-70 km ga teng yerni o’rab turgan tosh qobiq Yer qobig’i yoki uning ustida sodir bo’ladigan fizik kimyoviy hodisalar oqibatida hosil bo’ladigan tabiiy birikmalar menerallar deyiladi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarga nisbatatan konlar ruda va noruda konlariga ajratiladi. Tarkibida turli metallar kimyo sanoati uchun kerakli bo’lgan menerallar (foydali kompanentlar) bo’lgan foydali qazilma konlari ruda donlari deyiladi. Ko’mir, neft, tabiiy gaz, tabiy qurilish materiallari konlari esa noruda konlari deyiladi. Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so’nggina amalga oshirilishi mumkin. Yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq ishlar majmuyi kon ishlari deyiladi. Yer qobig’ida joylashishi bo’yicha kon lahimlari vertikal, garizontal , qiya bo’lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashadigan va yer yuzi bilan tutash maydigan bo’lishi mumkin. - Vertikal kon lahimlari vertikal stvollar, gezenklar, ko’r stvollar, ruda tushirgichlardan tashkil topgan bo’lib, ayrimlari yer yuzi bilan tutashgan ayrimlari yer yuzi bilan tutashmagan bo’ladi
GARIZONTAL KON LAHIMLARI - Shtolniyalar, kvershlaglar, shitreklar, proseklar, ortlar va tonnellar garizontal kon lahimlari bo’lib, ularning bazilari konni ochuvchi bazilati konni qazishga tayorlovchilahimlar hisoblanadi.
QIYA KON LAHIMLARI - Qiya kon lahimlari yer yuzi bilan tutashishi yoki tutashmasligi mumkin.Bevosita yer yuzi bilan tutashadigan qiya kon lahimlariga shurf, qiya stvol, qiya shtolniya kabilaridir.
- Bremsberg, uklon, sirpanmalar, yo’laklar yer yuzi bilan tutashmaydigan qiya kon lahimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |