Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida o'simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.
Shularning ichida to'shak qandalasi (Cimex lectularius) muhim o'rin tutadi (101-rasm). To'shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning kattaligi 4,5-8,4 mm keladi.
Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo'lib, tez harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o'tadi To’shak qandalasimng tanasi 3 qismdan, yani bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft mo'ylov, 1 juft ko'z va sanchib-so'ruvchi og'iz apparati joylashgan. Ko'krak qismi 3 ta bo'g'imdan iborat. Har bir bo'g'imdan 1 juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga o'xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o'z xo'jayinining hidini sezadi.
Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to'liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar bo'lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so'rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalar mayda ektoparazit bo'lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo'lib, to'q sariqdan to jigarranggacha bo'lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo'ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo'ladi. Tukchalar burgaga xo'jayinningjun vapatlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so'ruvchi juda mayda chivinlar bo'lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Bu chivinlar umumiy ko’rinishidan pashshalarga o’xshash, tanasi tig’iz, elka qismi ko’tarilgan, mo’ylovlari qisqa, xartumchasi qisqa va sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalari oqar suvda yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarining ba’zi parazit kasalliklarini, shuningdek, tulyaremiyani tarqatadi.
Ko'krak qismi bukur bo'lgani uchun bukur chivinlar deyiladi. Ayni vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko'pincha qora va ko'kish tusda bo'ladi. Urg'ochilari urug'langandan so'ng oqar suvlar ostidagi o'simliklar va boshqa substratlarga 100-800 tadan tuxumlarini to'p-to'p qilib qo’yadi. Oradan 4-12 kun o'tgach, tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so'rg'ichlar va ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. Bosh tomonida joylashgan yelpig'ichsimon tukchalari va qilchalari yordamida suvni filtrlab o'ziga oziq topadi. Lichinka 5 marta tullagach (3 hafta davomida), maxsus pillali g'umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. Hayoti davomida 1-3 marta avlod beradi.
Bukuri chivinlarning faqat uig'ochilari qon so'radi, erkaklari esa gul shirasi bilan oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular faqat o'simlik shirasi bilan oziqlanadi. O'rta mintaqada va ayniqsa tayga zonasida qonxo'r bukuri chivinlar ko'p uchraydi.
Urg'ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo'q paytda hujum qiladi. Hayvon qonini so'rib zaharli so'lak ajratadi, bir necha soat o'tgach, hayvon terisi shishadi, harorati ko'tarilib yurak urishi tezlashadi. Ular Sibir yarasi, tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini, qoramollarda va shimol bug'ularida esa onxotserkoz, qushlarda gemosporidioz kasalliklarining qo'zg'atuvchilarini tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |