Mavzu: Foydalanuvchi dizaynini ishlab chiqish va loyihani yakunlash
Ishdan maqsad. Foydalanuvchining tizim bilan o'zaro munosabatlarini modellashtirish ko’nikmasini xosil qilish.
Nazariy ma’lumotlar
Foydalanuvchi interfeysi- foydalanuvchining qanday usul va vositalardan foydalanib, dasturlar, apparat vositalar, menyular va funksiyalarni optimal ko’rinishda tasvirlash (ifodalash) tushuniladi. Foydalanuvchilarga topshiriqlarni xavfsiz, samarali, foydali, yoqimli, tarzda bajarishni ta’minlashdan iborat. Ideal xolatdagi foydalanuvchi interfeysi, dizayn ergonomikasi, estetika va interfeys texnologiyasi kombinatsiyasiga asoslangan
Ergonomika- odamlar, o’rganish va kompyuterlar bilan uzaro munosabatlar qanday tariflanadi
Estetika- interfeysi yoqimli va oson amalga oshirilishi uchun qaratilgan ko’rinish;
Interfeys texnologiyasi- amalga oshirish uchun zarur bo’lgan operativ tuzilishini va dizayn maqsadlari.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalash tizim dizaynining loyixalash siklining birinchi masalasidir. Interfeys dizayni foydalanuvchiga muxim xisoblanib, oson va va urganishga kulay interfeys kurinishini bulishligini xoxlaydilar. Yaxshi interfeys - ishlatuvchilar interfeys xakida xech-kachon shikoyat kilmaydilar va foydalanuvchi xoxlagan vazifalarni bajaradi. Asosan GUI -Graphical user interfaces (GUIs) inson -kompyuter alokasi jarayonidagi muammolarni bartaraf etishga karatilgan.
Ishlatuvchi interfeysi odatda ruxsat berilgan foydalanuvchi tomonidan buyruklarni tizimga uzatadi.
Rasm 9.1. Foydalanuvchilarning tizim bilan aloqasi
Interfeys turlari:
Proseduralarga yo’naltirilgan interfeyslar
o Oddiy
o Menyuli
o Erkin tanlanuvchi
• Ob’yektga - yo’naltirilgan:
o Tog’ridan-to’g’ri tanlash.
Foydalanuvchanlik (Usability)
Foydalanuvchanlik (Usability) - maxsulotning xususiyati bo’lib, uni ishlatishga tayyor xolda bo’lishi lozim. Foydalanuvchanlik darajalari turlicha bo’lib, ular qulayligi va ishlatishga kerakligi darajalari bo’yicha turli ko’rinishda bo’ladi.
Xozirgi kunda ko’pgina kompaniyalar o’z faoliyatlarini Internet muhitiga o’tkazmoqdalr, binga sabab zamondan orqada qolmaslik va ko’proq ommani qamrab olishdan iborat. Ushbu kompaniyalar o’z foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida turli dastur va interfeyslar yaratib foydalanuvchilar bilan muloqotda bo’ladi. Agarda foydalanuvchi interfeysi yahshi, qulay va tez ishlaydigan bo’lsa u ommalashib ketadi va aksi bo’lsa omma uni ishlatmaydi va natijada dastur interfeysini kiritgan kompaniya o’z foyda olish manbaini yo’qotadi. Shuning uchun dastur interfeysni loyihalashda shularga etibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |