Fotoelektr yurituvchi kuch (foto–EYuK). Ichki fotoeffekt prinsipiga asosan ishlaydigan qurilmalarning eng keng tarqalgani fotoelektr yurituvchi kuch vujudga keladigan qurilmalardir. Ba`zan ularga fotogalvanik elementlar ham deyiladi. Foto–EYuKning vujudga kelishi ancha sodda. Aytaylik, yarimo`tkazgichning bir bo`lagi yoritilayotgan bo`lsin (2.5-rasm).
Tushayotgan yorug`lik qo`shimcha zaryad tashuvchilarni, ya`ni elektronlarni va kovaklarni vujudga keltiradi. Natijada yarimo`tkazgichning yoritilgan qismida zaryad tashuvchilarning soni ko`p, yoritilmagan qismida kam bo`lib qoladi. Bu esa yarimo`tkazgichning har ikkala qismi orasida elektr yurituvchi kuch vujudga kelishiga sabab bo`ladi.bunday EYK diffuzion foto-EYuK deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |