Dars usuli: an’anaviy
I .Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
1. Oksidlarning olinishi .
2. Oksidlarning kimyoviy xossalari.
3. Oksidlarning fizikaviy xossalari.
III.Yangi darsning bayoni. Oksidlarning olinishi.
1. Oddiy moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi) natijasida
4A1+ 3O2 = 2A12O3; 4P + 5O2 = 2P2O5.
2. Murakkab moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi) natijasida:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O; 2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2.
3.Murakkab moddalarning (asoslar, kislotalar, tuzlar) parchalanishi natijasida:
Cu(OH)2 = CuO + H2O; H2SiO3 = H2O + SiO2; Cu2(OH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O.
4.Ba’zi boshqa reaksiyalar natijasida:
2HC1O4 + P2O5 = 2HPO3 + C12O7; Na2CO3 + SiO2 = Na2SiO3 + CO2.
5.Kimyoviy xossalari. 1.Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib gidratlar suvda eriydigan asoslar (ishqorlar) hosil qiladi:
Na2O + H2O = 2NaOH CaO + H2O = Ca(OH)2.
6.Ba’zi metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladi:
SO2 + H2O = H2SO3; P2O5 + 3H2O = 2H3PO4.
7.Metallar oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi:
CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O; BaO + 2HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O.
8. Metallmaslar oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:
SO2 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O; P2O5+ 3Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2 + 3H2O.
9. Metallarning oksidlari metallmaslar oksidlari bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi: MgO + SO2 = MgSO3, BaO + CO2=BaCO3.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Xlorid kislota quyidagi oksidlardan qaysi biri bilan ta’sirlashishi mumkin:SiO2,SO2 mis ()oksid, uglerod (V)oksid, xrom (V)oksid, xrom ()oksid, azot () oksid?
2. Oltingugurt (V)oksid, azot (V)oksid, vodorod sulfid, vodorod xlorid, azot ()oksid, uglerod ()oksid, ammiak gazlarining qaysilari ta’siridan suvda ho‘llangan lakmus qog‘ozi ko‘k rangga bo’yaladi? (Javob: ammiak).
3. Uglerod (IV), xrom (), bariy, xrom (V)oksidlardan qaysilari kalsiy gidroksid bilan ta’sirlashmaydi? (Javob: xrom (), bariy).
4. Mis ()oksid, bariy oksid, kalsiy oksid, rux oksid, fosfor (V)oksid, temir (, )oksidlardan qaysilarini laboratoriyada qurituvchi modda sifatida ishlatish mumkin?
5. Natriy, litiy, kremniy, kaliy, marganets (II), xrom (II), uglerod (II), kalsiy, alyuminiy oksidlaridan qaysilari asosli oksid hisoblanadi?.
V. Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |