Mavzu: Fonetik yozuv qoidalari. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 13,48 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi13,48 Kb.
#603809
Bog'liq
Mavzu Fonetik yozuv qoidalari. Reja I. Kirish-www.hozir.org


Mavzu: Fonetik yozuv qoidalari. Reja: I. Kirish

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti yurisprudensiya yo’nalishi 1-b guruh talabasiAmrulloyev Asliddinning “Yuristning yozma nutqi”fanidan “Fonetik yoz” mavzusida tuzgan prezentatsiyasi.

Mavzu: Fonetik yozuv qoidalari.

Reja:

I.Kirish:

II.Asosiy qism:

1. Imloning tamoyillari. Imloning ma’lum qonun-qoidalar, me’yorlarga asoslanishi

2. Imloning fonetik tamoyillari

3. Imloning morfologik tamoyillari

4. Imlo tamoyillarining o‘zaro bogʻliqligi.

III.Xulosa

Tayanch tushunchalar: imlo (orfografiya), imlo tamoyillari, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-ananaviy tamoyil, farqlash (differensiasiya) tamoyili, etimologik (grafik) tamoyil.

Sozlarni adabiy til meyorlari asosida togri yozish savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bolmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin, imlo qoidalari savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bolib, u togri yozish qoidalarini orgatuvchi hamda ular haqida batafsil malumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bolimidir. Imlo yozuv vositalari orqali soz va soz shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli sozlar yagona yozuv shakliga ega boladi.


Imlo muayyan qonun-qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qoshimchalarning yozilishi, qoshma sozlarning yozilishi, bosh harflarning qollanishi, kochirish qoidalari kabilar kiradi.
Imlo qoidalari til taraqqiyotining malum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda bazi hollarda yozuvning ozgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi.
Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bogliqdir. Adabiy talaffuz meyorlarining aniq ishlab chiqilishi oz navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bolishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni tola va togri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bolsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni ozida tarkib toptiradi.
Har qanday yozuv tizimi malum qonun-qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish koradi. Imloviy tamoyillar yozuv meyorlariga oid qoidalarni bir xilda, turgun shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi.
Hozirgi ozbek imlosi quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy – ananaviy tamoyil; 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili; 5) etimologik yoki grafik tamoyil.
Fonetik tamoyil. Fonetik tamoyilga kora, soz va qoshimchalar jonli nutqda qanday aytilsa, yozuvda ham shunday ifoda qilinadi. Masalan, son soziga –a, ong soziga –la, ishla soziga –v+chi qoshimchasi qoshilganda, bu sozlar sana, angla, ishlovchi deb aytiladi va shunday yoziladi.
Fonetik tamoyil imloni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, yozuv bilan talaffuz orasida yaqin aloqa va munosabat borligini korsatadi.
Fonetik tamoyil sozlarning talaffuz shaklini asos qilib oladi. Lekin bu tamoyil milliy til doirasidagi har qanday talaffuzga emas, balki adabiy talaffuz meyorlari doirasidagi holatlarga tayanadi.
Masalan, ketyapti sozi ozbek milliy tili doirasida ketvotti, ketopti, ketutti, ketyapti shakllarida turlicha talaffuz qilinadi. Fonetik tamoyil keltirilgan talaffuz shakllaridan adabiy meyor sifatida tan olingan ketyapti shakliga tayanadi.
Ozbek imlosida fonetik tamoyilga amal qiluvchi holatlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
Ozbek imlosida fonetik tamoyilga amal qiluvchi holatlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Tilimizda bir qator fel asoslari a unlisi bilan tugaydi. Bunday fellarga –v qoshimchasi qoshilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: chanqa+v = chanqov, teja +v = tejov, maqta +v = maqtov, qatna +v = qatnov, hayda +v = haydov, chayqa +v = chayqov, terga +v = tergov va boshqalar.
2. Ozbek tilida bir qator fellar la qoshimchasi bilan yasalgan. Shunday –la affiksli fellarga v qoshimchasi qoshilganda soz oxiridagi a tovushi o ga otadi va soz osha shaklda talaffuz etiladi va yozilishda ham shunday holat saqlanadi: bagishla+v = bagishlov, sozla+v = sozlov, bogla+v = boglov, aybla +v = ayblov, qishla+v = qishlov, oqla +v = oqlov kabilar.
3. Oxiri a tovushi bilan tugagan bazi sozlarga –q qoshimchasi qoshilganda ham a tovushi o bolib aytiladi va soz mana shu ozgarishni hisobga olgan holda yoziladi: tarqa +q = tarqoq, sora +q = soroq, yangra+q = yangroq, qaltira +q = qaltiroq, quvna +q = quvnoq, yumsha +q = yumshoq, yaltira +q = yaltiroq, sana +q = sanoq kabilar.
4. Tilimizdagi ogiz, kongil, qorin, ogil, singil, orin, boyin, burun kabi sozlar egalik qoshimchasini olganda asosning ikkinchi boginidagi i yoki u unlisi tushirib talaffuz qilinadi. Bunday sozlar fonetik tamoyilga kora osha talaffuz shaklida yoziladi: ogiz+im= ogzim, ogiz+ing= ogzing, ogiz + i= ogzi; singil+im= singlim, singil +ing= singling, singil +i = singli; burun+ im= burnim, burun + ing= burning, burun +i = burni; orin +im = ornim, orin +ing= orning, orin +i = orni kabilar.
5. Imloda fonetik tamoyilga amal qilish oxiri jarangsiz q va k undoshlari bilan tugagan sozlar imlosini qoidalashtirishda ham kuzatiladi:
1) oxiri q bilan bitgan sozlarga egalik qoshimchasi qoshilganda q tovushi g tovushiga otadi va soz shunday shaklda yoziladi: qiyiq+im= qiyigim, qiyiq +ing= qiyiging, qiyiq +i = qiyigi, oyoq +im = oyogim, oyoq +ing= oyoging, oyoq +i = oyogi. Bularga yana bayrogi (bayroq +i ), ayigi (ayiq +i ), qozigi (qoziq+i ), qayigi (qayiq+i ), baligi (baliq+i ), qishlogi (qishloq+i ) sozlari misol bola oladi. Bazan q bilan tugagan sozlarga egalik qoshimchasi qoshilganda q tovushi ozgarishsiz qoladi. Bunday sozlar ham fonetik prinsipga binoan osha shaklda yoziladi: axloq - axloqi, ittifoq-ittifoqi, mashq-mashqi, nutq - nutqi, huquq-huquqi, haq-haqi, xulq-xulqi, ishq-i kabilar.
2) k undoshi bilan tugagan sozlarga egalik qoshimchasi qoshilganda k undoshi jarangli g tovushiga otadi. Talaffuzda ham, yozuvda ham shu holat saqlanadi: bilak +im = bilagim, bilak+ing=bilaging, bilak +i = bilagi; tilak +im = tilagim, tilak +ing= tilaging, tilak +i = tilagi. Tirgagi (tirgak +i ), bargagi (bargak +i ), bezagi (bezak +i ), ordagi (ordak +i ), yuragi (yurak +i ), ilgagi (ilgak+i ), kovagi (kovak+i ) kabilar ham shunday sozlarga misoldir.
Ammo k tovushi bilan tugagan bir qator sozlar egalik qoshimchasini olganda jarangsiz k tovushi g tovushiga otmaydi, ozgarishsiz, oz holida aytiladi va bu sozlar talaffuziga kora yozilaveradi: nok+im = nokim,nok+ing= noking, nok+i = noki; chek+i =cheki, chok+i =choki, yuk+i =yuki, ishtirok+i =ishtiroki, tok+i =toki, tank+i =tanki, sirk+i =sirki, ocherk+i =ocherki, bank+i =banki, bak+i =baki kabilar shunday sozlar jumlasiga kiradi.
6. Tilimizda jonalish kelishigi qoshimchasi asosan –ga tarzida yoziladi: maktabga, zavodga, ishga, uyga, shaharga, Buxoroga kabi. Ammo nutq jarayonida k, q tovushlari bilan bitgan sozlarga qoshilib kelganda fonetik ozgarishga uchraydi. Bu imloda aks etadi:
1) oxiri k bilan bitgan sozlarda –ga affiksi –ka tarzida aytiladi va imloda ham shunday yoziladi: kovak+ga =kovakka, tilak +ga = tilakka, bilak +ga = bilakka, katak +ga = katakka, tuvak+ga = tuvakka, danak+ga = danakka va boshqalar.
2) Soz oxiri q undoshi bilan tugasa, -ga qoshimchasi –qa tarzida talaffuz qilinadi, bu shakl imloda ham saqlanadi: pichoq +ga = pichoqqa, yotoq+ga = yotoqqa, tovoq+ga = tovoqqa, soroq+ga = soroqqa, tayoq +ga = tayoqqa va boshqalar.
Aytilganlardan anglashiladiki , fonetik tamoyil yozuv bilan talaffuzni bir – biriga yaqinlashtiradi, ular ortasida malum darajada umumiylikni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi.
Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga kora, sozlar va ularning tarkibiy qismlari jonli sozlashuvdagi talaffuziga qarab emas, balki asl shakllariga muvofiq yoziladi. Masalan, uchta, kelib turibdi, shanba, gosht sozlari ogzaki nutqda ushta, kep turipti, shamba, gosh shaklida aytiladi. Lekin morfologik tamoyilga asosan uchta, kelib turibdi, shanba, gosht tarzida yoziladi.
Morfologik tamoyil ozbek imlosining etakchi tamoyillaridan hisoblanadi. Imlo qoidalarining kopchiligi morfologik tamoyilga asoslangan holda tuziladi. Bu tamoyil soz va morfemalarni yozishda bir xillikni taminlaydi.
Hozirgi ozbek imlosida morfologik tamoyil asosida yoziladigan soz va morfemalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Jarangli b tovushi bilan tugagan sozlarda bu tovush talaffuzda jarangsizlashib p tarzida aytiladi, ammo imloda asliga kora jarangli b tovushi bilan yoziladi: kitob, maktab, mirob, javob, golib, kosib, tartib, laqab, azob, asab, targib, mansab, maktub, choyshab kabilar.
2. Jarangli d undoshi soz oxirida jarangsizlanib t tarzida talaffuz qilinadi, lekin asliga binoan har vaqt d bilan yoziladi:obod, ozod, savod, mard, dard, maqsud, dilshod, daromad, iqtisod, murod, harid, nobud, mavjud, madad, qand, zumrad, maqsad, tanqid va boshqalar.
3. Otgan zamon felining III shaxs korsatkichi –di, orin kelishigi qoshimchasi –da, chiqish kelishigi qoshimchasi –dan jarangsiz tovush bilan tugagan sozlarga qoshilganda progressiv assimilyasiyaga uchrab –ti, -ta, -tan shaklida aytiladi, shunga qaramay morfologik tamoyilga binoan har doim –di, -da, -dan tarzida yoziladi: otti-otdi, ketti-ketdi, tutti-tutdi, ichti-ichdi, bitti-bitdi, ishta-ishda, kokta-kokda, otta-otda, ottan-otdan, boshtan-boshdan, oqishtan-oqishdan singarilar.
4. Ogzaki nutqda bazan soz oxirida yonma-yon kelgan qosh undoshlardan keyingisi tushirilgan holda aytiladi, ammo yozuvda saqlanadi. Masalan dost, gosht, musht, gisht, juft, tort, dasht, past, sust, rost, Toshkent kabi sozlarda songgi t tovushi va xursand, bahramand, ixlosmand, davlatmand, garchand, Samarqand singari sozlarda songgi d tovushi talaffuzda tushib qoladi. Lekin asliga muvofiq bunday sozlar oxirida t va d undoshlari yozilaveradi.
5. Ayrim sozlarning birinchi buginida u unlisi kelsa, ikkinchi boginida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga kora u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turgun, mushkul, uzuk, uchqur, quzgun, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.
6. Soz ortasida kelgan n undoshi ozidan keyingi b, m undoshlari tasirida m bolib eshitiladi, ammo asli boyicha doimo n bilan yoziladi: shamba, sumbula, tambal, mamba, aylamma, jomboz, yombosh, tambeh, yomma-yon (talaffuzda) shanba, sunbula, tanbal, manba, aylanma, jonboz, yonbosh, tanbeh, yonma –yon (yozuvda) va boshqalar.
Imloning yuqorida qayd etilgan besh tamoyili ozaro bogliq bolib, ular bir-birini toldirish uchun xizmat qiladi. Imlo tamoyillari yozuvning nazariy asosidir. Shu bois imlo tamoyillarini organish yozuv amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ozbek tilining yangi imlo qoidalarida, avvalgi qoidalarda bolganidek, fonetik va morfologik tamoyillar asos qilib olingan. Ammo morfologik tamoyilga asoslanish 1956-yil 4-aprelda tasdiqlangan. Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalari”ga nisbatan ortgan. Bu tamoyil hammadan avval “Asos va qoshimchalar imlosi” bolimida oz ifodasini topgan.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1.Tilshunoslikning imlo (orfografiya) bolimi qanday masalalar bilan shugullanadi, nimani organadi? 2. Fonetik tamoyil deganda nimani tushunasiz? Bu asosda yoziladigan sozlarga misollar keltiring. 3. Morfologik tamoyil deb nimaga aytiladi? Fikringizni misollar asosida tushuntiring. 4. Tarixiy-ananaviy tamoyil nima? Bu tamoyil boyicha yoziladigan qoshimchalarga hozirgi ozbek sheriyatidan misollar keltiring. 5. Farqlash (differensiasiya) tamoyili xususida nimalarni bilasiz? 6. Etimologik (grafik) tamoyil togrisida bilganlaringizni bayon qiling. 7. Etimologik tamoyil imloning qaysi tamoyillariga yaqin turadi? 8. Morfologik, tarixiy-an’anaviy va etimologik (grafik) tamoyillarning oxshash va farqli tomonlari bor? 9. Ozbek imlosining yetakchi tamoyillari qaysilar?
A D A B I YO T L A R R O Y X A T I
1. Hozirgi zamon ozbek tili. Faxri Kamol tahriri ostida. Toshkent, 1957, 253-271-betlar.
2. Shoabdurahmonov Sh., va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 88-97-betlar.
3. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 1992, 45-49-betlar.
4. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 2003, 76-78-betlar.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy ozbek tili. Toshkent, 2006, 449-452-betlar.
6. Rahmatullayev Sh. Orfografiya qoidalari savodxonligimiz asosi. Toshkent, 1980.
7. Rahmatullayev Sh. Ozbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Toshkent, 1999.
8. Jamolxonov H. Grafika va orfografiya. Maruzalar matni. Toshkent, 1999.
9. Jamolxonov X. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 2005, 101-108-betlar.
10. Begmatov E., Ismatullayev N. Ozbek imlosi. Toshkent, 1979.
11. Ozbek tilining asosiy imlo qoidalari. Toshkent, 1995.

E‘tiboringiz uchun rahmat!



http://hozir.org
Download 13,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish