Muammoli-izlanish mashqlari o‘quvchilar o‘zlarini yangi bilimlarini o‘zlashtirishlariga olib keladigan harakatlarning ma’lum turlarini o‘qituvchining topshirig‘iga ko‘ra mustaqil bajara oladigan bo‘lganlarida qo‘llaniladi. Bunday mashqlar, masalan, fizika darsliklarida keng berilgan, unda amaliy vazifalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bilimlarning yangi elementlarini qo‘llamayodilar, balki aynan o‘zlashtiradilar, keyin bu elementlar tushunib yetiladi va trenirovka mashqlarin bajarayotganda qo‘llaniladi. Muammoli-izlanish mashqlari faqat yangi temani o‘zlashtirishga yondoshishdagina emas, balki uni yangi asosda mustahkamlashda, ya’ni bilimlarni chuqurlashtiruvchi mashqlarni bajarayotganda ham qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |