Электрон манбалар
http/www.nuuz.uz.
http/www.natlib.uz.
http/www.ziyo.net.uz.
http/www.Сhemport.ru.
http/www. Сhemexpress.fatal.ru.
http://www.xumuk.ru/. Сайт о химии для химиков.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus
Ta’lim Vazirligi
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
SPEKTROFOTOMETRIK VA FOTOMETRIK ANALIZ METODLARI
fanidan ishchi o’quv dasturi
Mutaxassislik: 5A140501 - “Kimyo” (analitik kimyo)
Kafedra: Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
Umumiy o’quv soati 182 soat
Shu jumladan ma’ruza: 40 soat
Laboratoriya mashg’ulotlari: 40 soat
Amaliy mashg’ulot: 20 soat
Seminar mashg’uloti: 20 soat
Mustaqil ta’lim 62soat
Guliston-2015
Ta’lim mutaxassisligi: 5A140501-Kimyo (analitik kimyo)- ta’lim yo’nalishi uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ro’yxatga olingan namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasining 2015 yil 26 avgustdagi 1 - sonli majlisida ko’rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: O’Q.Abduraxmonova
Fannning ishchi o’quv dasturi “Tabiatshunoslik” fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashining 2015 yil 28 avgustdagi 1- sonli majlisida tasdiqlandi.
Kelishildi:
Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengash raisi: H.H.Qushiev
O`quv ishlari bo`yicha
prorektor: N.R.Barakaev
I. Fanni o’qitishdan maqsad va vazifalar:
Fanni o’qitishning asosiy maqsadi “Spektrofotometrik va fotometrik analiz metodlari” fanining qonuniyatlarining ma’nosini yoritish, qonunlarning qo’llanilish sohalarini o’rgatish va amaliy imkoniyatlarini tushuntirishdan iboratdir. Amaliy mashg’ulotlarni bajarishdan asosiy maqsad, fizik kimyoviy analizning nur yutilishi va chiqarilishiga asoslangan qonuniyatlarini atrof-muhit ob’ektlari, noorganik, organik, biologik ob’ektlar analiziga qo’llash, shuningdek kimyoning nazariy qonunlaridan turli masalalarni hal qilishda foydalana bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – fanni o’qitish davomida qo’yidagi asosiy mavzular keng yoritiladi, jumladan: spektrofotometrik va fotometrik analiz metodlari absorbtsion spektrometriyaning nazariy asoslariga asoslanishini tushuntrish, differentsial spektroskopiya, spektroskopik titrlash, absorbtsion spektroskopiya elektromagnit nurlarning molekulalar tomonidan yutilishini o’rgatish, shuningdek elektron spektrlarining olinishi miqdoriy aniqlashga va metodlar asosida yotadigan kimyoviy jarayonlar, molyar nisbatlar, muvozanat konstantalari, reagentning va kompleksning beqarorlik va barqarorlik konstantalari, molyar so’ndirish koeffitsienti aniqlashni o’rgatish, olingan natijalarni amaliyotga qo’llay bilishni o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |