Mavzu: Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi


Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi



Download 252,62 Kb.
bet3/5
Sana16.03.2023
Hajmi252,62 Kb.
#919716
1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши Фирмалар типологияси

Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi.
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini faqat ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan vaziyatni misol tariqasida keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda dastlabki elektrotexnika korxonalari deyarli bir vaqtda paydo bo`lganiga qaramay, jahon bozorida yetakchilik mavqeini faqat Germaniya (AEG) va Amerika (“General Elektrik”) elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari egallashdi. Boz ustiga, Britaniya firmalari hatto o`zlarining milliy bozoridan ham siqib chiqarildi: AEG ushbu davrda Britaniyada o`z mahsulotlarini har qanday ingliz firmalariga qaraganda ko`proq sotdi. Britaniya ishlab chiqaruvchilari «germaniya va amerika firmalari bilan teng raqobatlashish uchun zarur bo`lgan tashkiliy xususiyatlarni rivojlantira olishmadi», degan xulosaga keldi, Chandler. Demak, firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya xarajatlari dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi trayektoriyaga bog`liqligini ham hisobga olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o`zgarishlarning alohida trayektoriyasi bo`yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar dinamikasini o`rganishda ifodalangan dalillarni to`ldirishni va qisman qayta ko`rib chiqishni talab qiladi. Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan funksiyalarga o`xshash funksiyalar tashkiliy madaniyatga o`tadi. «Har qanday tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy kognitiv tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud»5. Tashkiliy madaniyat, «prinsipal» bilan «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me’yorlar, qoidalar va an’analarda moddiylashtiriladi. Tashkiliy madaniyatning interpretative funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo`lganida «prinsipal» qarorlarning asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat. «Tashkiliy madaniyat ex antega bo`ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat’iyroq aytadigan bo`lsak, u tufayli tashkilot o`zining birxilligiga ega bo`ladi». Tashkiliy madaniyat – tashkilot a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me’yorlar, qoidalar va an’analar yig`indisi. Ikkinchidan, tashkilotning kundalik faoliyat ko`rsatishida mutaassiblik (routines) muhim o`rin tutadi. Bu o`rinda mutaassiblik «harakatni uni muntazam takrorlash orqali esda saqlab qolish» (remember by doing) sifatida belgilanadi. Mutaassiblik tashkilot a’zolari ichida axborot almashuvini ta’minlashda markaziy o`rin tutadi: u ularning xabarni olish, talqin etish, ifodalash va uzatish qobiliyatining asosida yotadi. Har bir tashkilot o`zining tashkiliy «dialektiga» ega, hech bir tashkilotda «sof» o`zbek tilida ham, «sof» rus tilida ham gaplashilmaydi. Bundan tashqari, agar nazorat tadbiri mutaassiblik xususiyatiga ega bo`lsa, nazoratni amalga oshirish ancha yengillashadi. Universitet hayotidan misol keltirgan holda ta’kidlash mumkinki, talabalar davomatining mutaassiblik xususiyati (seminar boshida yoki oxirida) faqat shu gal davomatni tekshirishni eslaridan chiqarishiga umid qilish bilan asoslangan dars qoldirishlarning oldini oladi. Demak, tashkilot ichida axborot asimmetriyasini pasaytirish va nazoratni osonlashtirish orqali «prinsipal-agent» muammosini hal etishga ko`maklashgan holda mutaassiblik ayni paytda uning a’zolari o`rtasida yuzaga kelgan o`zaro munosabatlarning takrorlanishiga olib keladi. Berilgan trayektoriya bo`yicha harakat tashkiliy madaniyat va mutaassibliklar asosida «prinsipal» va «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ma’lum xiliga ega bo`linishi va mustahkamlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun tashkiliy rivojlanishning boshlang`ich nuqtasi hisoblangan vaziyatni bilish lozim – u boshda keyingi evolyutsiyaning barcha variantlarini o`zida mujassamlantiradi. Chunki «beqaror muhitda unitar firma transaksiya xarajatlarini tejash nuqtai nazaridan juda yomon ko`rsatkichlarga ega, lekin u barqaror sharoitdagi moslashuvchan tashkiliy tuzilmaga ega bo`lgan firmaga nisbatan samarali va chidamli» bo`lishi mumkin. Demak, beqarorlik sharoitida shakllangan va firmaning keyingi rivojlanishini belgilab bergan firmaning ichki tuzilishi tashqi muhit barqarorlashadigan kelajakdagi yo`qotishlarni belgilab beradi. Parodoks shundan iboratki, uzoq muddatli istiqbolda qisqa muddatli istiqbolda optimal bo`lmagan tuzilma foydali bo`lib chiqishi mumkin. Aynan ushbu holatni dastlabki bosqichda yo`qotishlarga olib kelgan va keying bosqichlarda ustunlikni ta’minlagan o`z evolyutsiyasini integratsiyaning yuqori darajasi va tuzilmani markazlashtirishdan boshlagan Yaponiya firmalarining urushdan keyingi rivojlanishi misolida ko`rsatish mumkin.

Download 252,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish