Mavzu: Fermer xo’jaliklari yer uchastkalarining kadastr pasportini


Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#289361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
Bog'liq
Kurs ishi Yer Kadastri G‘aybullayev Jasurbek 6v 19gkk

          Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari – O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  2003-yil  24-martdagi  «Qishloq  xo‘jaligida  islohotlarni 

chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab 

berilgan: fermer xo‘jaliklari zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz 

shirkatlar negizida barpo etiladi; fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, 

xususiy  korxona  shaklida,  keyinchalik  ular  turli  shakldagi  kooperatsiyalarga 

birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida 

ellik  yilgacha  uzoq  muddatga,  ijara  muddati  davomida  meros  qilib  qoldirish 

huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; fermer xo‘jaliklariga beriladigan 

yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidan chiqariladi; yetishtiriladigan 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslari 

va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarning o‘zlari 

tayyorlov,  qayta  ishlash  hamda  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari  va  tashkilotlari 

bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar. 

     Fermer  xo‘jaliklarini  tashkil  etish  ishlari  quyidagi  yo‘nalishlarda  amalga 

oshiriladi: 



1.  Mehnat  resurslari  yetarli  bo‘lmagan  va  yangi  sug‘oriladigan  yerlar 

hamda zaxira yerlarda fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi. 

2.  Qishloq  xo‘jaligi  kooperativlari  (shirkatlari)ning  yerlarida  fermer 

xo‘jaligi  tuzish  uchun  berilgan  arizaga  binoan,  umumiy  majlisning  qarori 

bilan  ajratiladigan  yerlarda  fermer  xo‘jaliklari  tuziladi. 

3.  Surunkasiga  zarar  ko‘rib  ishlayotgan  istiqbolsiz  yoki  past  rentabelli 

xo‘jaliklar  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  asosida  qayta  tashkil  etilib, 

to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklariga aylantiriladi. 

Fermer  xo‘jaligi  aksariyat  hollarda  ortiqcha  mehnat  resurslari  bo‘lmagan 

yerlarda va hududlarda tashkil etiladi. 

    Chorvachilik  mahsuloti  yetishtirishga  ixtisoslashtirilgan  fermer  xo‘jaligi 

kamida  30  shartli  bosh  chorva  moli  bo‘lgan  taqdirda  tashkil  etiladi.  Fermer 

xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli 

bosh  chorva  molga  hisoblaganda,  Andijon,  Namangan,  Samarqand,  Toshkent, 

Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, 




viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 

0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil 

etadi. 

    Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga 

ijaraga  beriladigan  yer  uchastkalarining  eng  kam  o‘lchami  paxtachilik  va 

g‘allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik 

va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi. 

Yer  uchastkalari  berilganda,  fermer  xo‘jaligi  o‘z  zimmasiga  qishloq 

xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) 

yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu 

majburiyat  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasida  mustahkamlab 

qo‘yiladi. 

Fermer xo‘jaligi  shu  xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u  fermer 

xo‘jaligiga tegishli, aloqador mol-mulk ajratib beradi va ustavini    tasdiqlaydi. 

Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer 

uchastkasi olishi kerak. 

    Fermer xo‘jaligi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran 

tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat 

ro‘yxatiga  olingandan  keyin  yuridik  shaxs  maqomini  oladi,  bank  muassasasida 

hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisob varaqlari  ochib, o‘z nomi yozilgan muhrga 

ega bo‘ladi. 

      Fermer xo‘jaligini yuritish istagini bildirgan fuqarolar, birinchi navbatda

«Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida»gi  Qonunda  belgilab  berilgan  tartibda  uzoq 

muddatli  ijaraga  yer  uchastkasi  ajratishni  so‘rab  qishloq  xo‘jaligi  kooperativi 

(shirkat  xo‘jaligi)  boshqaruvi  nomiga  ariza  beradilar.  Bunda  arizalarni  berish  va 

ko‘rib chiqish qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib olish tugagan vaqtga to‘g‘ri kelishi 

maqsadga muvofiqdir. 

    Fuqaroning  arizasi  va  umumiy  majlis  qarori  fermer  xo‘jaligining  biznes-  rejasi 

bilan  birga  tuman  hokimiga  yuboriladi.  Ushbu  hujjatlar  tuman  hokimi  tomonidan 

besh  kun  muddatda  yer uchastkalarini  berish  masalalarini  ko‘rib  chiquvchi  tuman 

komissiyasiga xulosa berish uchun topshiriladi. Komissiya o‘n besh kun muddatda 

hujjatlar  bilan  tanishib  chiqadi  va  bo‘lajak  fermer  bilan  suhbat  o‘tkazadi  hamda 

ijaraga  yer  berish  muvofiqligi  yoki  muvofiq  emasligi  haqida  xulosa  tayyorlaydi. 

Xulosani yuqoridagi hujjatlar bilan birga tuman hokimiga taqdim etadi. 

   Tuman hokimi o‘n besh kun muddatda taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, 

fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqaroga yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror 

tayyorlaydi.  Tuman  hokimining  tavsiyasi  bilan  viloyat  hokimiyatida  tuzilgan 

komissiyaga  yuboriladi.  Komissiya  xulosasiga  asosan,  tuman  hokimi  qaror 

chiqaradi.  Tuman  hokimi  qaror    qabul  qilgandan  so‘ng,    o‘n  kun  muddat  ichida 

hokimiyatning  yer  tuzish  va  yerdan  foydalanish  xizmati  bilan  fermer  xo‘jaligi 




boshlig‘i o‘rtasida yer ijarasi shartnomasi tayyorlanib, imzolanishi  lozim. 

     Shartnoma  imzolangandan  so‘ng,  o‘n  kun  muddatda  tuman  bosh  yer 

tuzuvchisi va shirkat xo‘jaligi vakili fermer uchun ajratilgan yerni ko‘rsatadi  va uch 

nusxadagi  dalolatnoma  bilan  tasdiqlaydi.  Fermer  xo‘jaligi  tuman  hokimligida 

davlat  ro‘yxatidan  o‘tadi.  Buning  uchun  Vazirlar  Mahkamasining  2001-yil  22-

avgustdagi  Qaroriga  muvofiq,  ushbu  toifadagi  xo‘jaliklar  tuman  hokimligiga 

quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish