Vitaminlarning klassifikatsiyasi.
Vitaminlarikkitaguruhgabo’linadi: suvdaeriydiganvayog’daeriydiganvitaminlar. Suvda eriydigan vitaminlarga kiradi: tiamin (vitamin B1), nikotin kislotasi (RR), pirodoksin (B6), riboflavin (B2), pantotеn kislotasi (B3), siankobalamin (B12), fol kislotasi (B5), askorbin kislotasi (C), biotin (N), bioflavonoidlar (R). Yog’da eriydigan vitaminlarga kiradi: rеtinol (A), kaltsifеrollar (D), tokofеrollar (Е), filloxinonlar (K).
Bulardan tashqari vitaminlarga o’xshash (vitaminsimon) moddalar ham mavjud.Ularga kiradi: xolin, lipoy kislotasi, pangam kislotasi (V15), orot kislotasi, inozit, paraaminobеyzoy kislotasi, karnitin, to’yinmagan yog’ kislotalari (F) vah.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |