Fe’l zamonlari
Ish-harakatning voqe bo`lishi (yoki bo`lmasligi) mantiqan zamon bilan bog`liq bo`ladi. Fe’llardagi zamon nutq so`zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so`zlanib turgan paytdan oldin, nutq so`zlanib turgan paytda, nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. SHunga ko`ra, fe’l uch zamon ko`rinishiga ega: 1. O`tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida qo`llangan grammatik ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o`tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.SHog`ulomov). 2. Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka etadi (YUsuf Xos Xojib). 3. Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi –di o`tgan zamonni, ikkinchisida etadi fe’li tarkibidagi –a ko`rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida etkazar fe’lidagi –ar ko`rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan.
Har bir zamon o`z navbatida yana bir necha turga bo`linadi. CHunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga o`zining ichki xususiy modal ma’nolariga (qo`shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o`qimoqchiman, o`qiydiganman fe’llari nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o`ziga xos modal ma’noga ham ega.
O`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
O`tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1) yaqin o`tgan zamon fe’li; 2) uzoq o`tgan zamon fe’li; 3) o`tgan zamon hikoya fe’li; 4) o`tgan zamon davom fe’li; 5) o`tgan zamon maqsad fe’li.
YAqin o`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i ko`klam libosi bilan bezandi (SH.R.).
YAqin o`tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko`plik
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
I shaxs
|
o`qidim
|
-di
|
-m
|
o`qidik
|
-di
|
-k
|
II shaxs
|
o`qiding
|
-di
|
-ng
|
o`qidingiz
|
-di
|
-ngiz
|
III shaxs
|
o`qidi
|
-di
|
-
|
o`qidilar
|
-di
|
(-lar)
|
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, durra, peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o`tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko`plik
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
I shaxs
|
o`qiganman
|
-gan
|
-man
|
o`qiganmiz
|
-gan
|
-miz
|
II shaxs
|
o`qigansan
|
-gan
|
-san
|
o`qigansiz
|
-gan
|
-siz
|
III shaxs
|
o`qigan
|
-gan
|
-
|
o`qiganlar
|
-gan
|
(-lar)
|
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma’nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan edim, o`qigan eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan ekan; o`qigan ekanmiz, o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ish-harakatning so`zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, o`qigan emishsan, o`qigan emish; o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi (X.No`’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan, o`sal bo`ldi (A.Qahhor).
O`tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo`li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o`tkazibdi (Hadisdan).
O`tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o`tgan zamon ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
SHaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko`plik
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`shimchasi
|
I shaxs
|
o`qibman
|
-b
|
-man
|
o`qibmiz
|
-b
|
-miz
|
II shaxs
|
o`qibsan
|
-b
|
-san
|
o`qibsiz
|
-b
|
-siz
|
III shaxs
|
o`qibdi
|
-b
|
-di
|
o`qibdilar
|
-b
|
-di(-lar)
|
O`tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko`rinishi ham bor. Bu shakl o`tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo`ladi: o`qib edim, o`qib eding, o`qib edi; o`qib edik, o`qib edingiz, o`qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o`shanda ayamning qanaqaligini ko`rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O`tgan zamon davom fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo`lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu erda Boburning doim o`z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o`tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O`xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o`tmishda ma’lum bir muddat davomli bo`lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o`tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O`tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo`shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko`plik
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
Shaxs-son qo`sh.
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
SHaxs-son qo`sh.
|
I
shaxs
|
o`qir edim, o`qiyotgan edim, o`qimoqda edim
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-m
|
o`qir edik, o`qiyotgan edik, o`qimoqda edik
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-k
|
II shaxs
|
o`qir eding, o`qiyotgan eding, o`qimoqda eding
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-ng
|
o`qir edingiz, o`qiyotgan edingiz, o`qimoqda edingiz
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-ngiz
|
III shaxs
|
o`qir edi, o`qiyotgan edi, o`qimoqda edi
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-
|
o`qir edilar, o`qiyotgan edilar, o`qimoqda edilar
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
(-lar)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |