Favqulodda vaziyatlar deb, oqibatda insonlar o‘limiga yoki atrof muhitga zarar kelishiga, ko‘plab moddiy yo‘qotishlarga turmush faoliyati buzilishiga olib keluvchi yoki olib kelgan avariyalar falokatlar, tabiiy va ekologik ofatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar natijasida ma’lum hududda yuzaga kelgan holat.
1. Favqulotda vaziyatlar klassifikatsiyasi
2. Tabiiy ,texnogen va ekologik xususiyatli FV
3.Binolarda tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
4. Fuqarolarning gazlardan zaharlanishini oldini olish chora-tadbirlari.
Favqulodda holatlarni oldindan bilish tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar vaqtida yuz beradigan holatlar va sharoitlarni taxminlab aniqlashga asoslangandir. Bunda, uncha to‘lik va aniq bo‘lmagan ma’lumotlar asosida favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimoli bor rayon hamda favqulodda holatlarning xarakteri va masshtabi baholanib, favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarning xarakteri
va hajmi taxminan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar sel oqimlari suv bosishlar sodir bo‘ladigan, qor ko‘chishi va boshqa ko‘chishlar sodir bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgan joylar aniqlangan.
Shuningdek, katta halokatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalari ham belgilangan. Bu uzoq muddatli oldindan bilish deb tushuniladi.
Oldindan bilish vazifasiga favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimoli vaqtini aniqlash masalasi ham kiradi. Bunday aniqlanish qisqa muddatli oldindan bilish deb tushuniladi. Buning uchun hozirga vaqtda quyosh faolligi siklining o‘zgarishi to‘grisidagi statik ma’mulotlardan, yerning sun’iy yo‘ldoshi yordamida olingan ma’lumotlardan, hamda meteorologik, seysmik, vulqon, sel oqimi va boshqa stansiyalarning ma’lumotlaridan keng
foydalaniladi.
Masalan, dovullar, dengiz bo‘ronlari, vulqonlar otilishi, sel oqimlarining bo‘lish ehtimoli, meteorologik yer yo‘ldoshlari yordamida aniqlanadi. Yer qimirlashlarni sodir bo‘lish ehtimoli seysmik rayonlarda suv tarkibini ximiyaviy tahlil qilish, tuproqning elastiklik, elektrik va magnit xarakteristikasini o‘lchash, hududlardagi suv sathi o‘zgarishini kuzatish, hayvonlar holatini kuzatish orqali aniqlanishi mumkin. Katta o‘rmonlardagi va yer osti torf yong‘inlarining yashirin o‘choqlari samolyot yoki yerning sun’iy yo‘ldoshi yordamida infraqizil nurlar orqali tasvirga olish asosida aniqlanadi.
Favqulodda holatlar sodir bo‘lishi asosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat va sharoitlar matematik usullar asosida baholanadi. Bunda boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida yashirin xavf joyi, koordinatasi va moddalar hamda energiya zahirasi, aholi soni va joylashish zichligi; qurilishlar xarakteri, himoya inshootlarining soni va turi, ularning hajmi, meteorologik sharoitlar, joyning xarakteri qabul qilinishi mumkin.
Favqulodda holatlar vaqtida kutiladigan shart- sharoitlarni oldindan baholashda fovqulodda holatlarning turiga bog‘liq holda uning chegarasi, halokatli suv toshqini, yong‘in yoki radiatsion, ximiyaviy va bakteriologik zaharlanish o‘choqlari, favqulodda holatlar natijasida yuz berishi ehtimol qilingan o‘limlar va moddiy boyliklarni barbod bo‘lishi, xalq xo‘jalik ob’ektlaridagi zarar miqdori taxminan aniqlanadi.
Oldindan bilish va baholash ma’lumotlari birlashtirilib, tahlil asosida xulosalanadi va favqulodda holatlarda qutqaruv va avariya tiklash ishlarini olib borish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Favqulodda holatlarning ta’sir darajasini kamaytirish, uning zararli omillaridan himoyalanishga qaratilgan tadbilar ko‘p bosqichli sistemadan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: doimiy o‘tkaziladigan tadbirlar uzoq muddatli, oldindan bilish ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ularga
qurilish montaj ishlarini qurilish normalari va qoidalari asosida amalga oshirish; xavf to‘g‘risida aholiga xabar berishning ishonchli sistemasini ishlab chiqish; himoya inshootlarini qurish va aholini shaxsiy himoya vositalari bilan taminlash; radiatsion, bakteriologik va ximiyaviy uzatishni, razvedkani hamda labarotoriya tekshirishlarini tashkil etish; favqulodda holatlar vaqtidagi harakat qoidalari bo‘yicha aholini umumiy
hamda majburiy o‘qitish; sanitar-gigienik va profilaktik tadbirlar o‘tkazish; AESni qurmaslik, ximiyaviy va sellyuloza qog‘oz va shu kabi potensial xavfli ob’ektlarni xavfsiz zonalarda qurish; favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini ishlab chiqish, uni moddiy va moliyaviy taminlashni tashkil etish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimolini aniqlangan vaqtdagi himoya
tadbirlari jumlasiga oldindan bilish ma’lumotlarini aniqlashtirish bo‘yicha kuzatish va razvedka sistemasini ishlab chiqish; aholiga favqulodda holatlar to‘g‘risida xabar berish sistemasini tayyor holatga keltirish; iqtisodni va ijtimoiy hayotni davom etishining maxsus qoidalarini joriy etish, favqulodda holatlarni e’lon qilish; yuqori
xavflilikdagi ob’ektlarni (AES, zaharli va portlashga xavfli ishlab chiqarish va boshqalar) neytrallashtirish, ularda ishni to‘xtatish va ularni qo‘shimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish; avariya qutqaruv xizmatini tayyor holatga keltirish va aholini qisman evakuatsiya qilish kabi tadbirlar kiradi.
Ushbu tadbirlar majmuasidan ma’lumki ayrim tadbirlar uzoq muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida bajarilib, ularni amalga oshirish uchun ko‘p yillar talab etiladi. Ayrim tadbirlar esa qisqa vaqt ichida tez amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar qisqa muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtdagi fan-texnika taraqqiyoti, mutaxassislar favqulodda holatlar sodir bo‘lish vaqtini va joyini oldindan yuqori aniqlikda aytib berish imkoniyatiga ega emas.
2.2. Favqulodda holatlarning rivojlanish bosqichlari Favqulodda holatlarni kelib chiqish sabablari va turiga bog‘liq bo‘lmagan holda ularning rivojlanishini quyidagi to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: boshlanish (tug‘ilish), initsirovka, kulminatsion (rivojlanish davri) va so‘nish bosqichlari.
Boshlanish (tug‘ilish) bosqichi. Favqulodda holatlar uchun sharoit tug‘ila
boshlaydi; nomaqbul tabiiy jarayonlar faollashadi, bino va inshootlarning loyihaviy va ishlab chiqarish nuqsonlari va ko‘plab texnik kamchiliklari yig‘ila boshlaydi; jihozlar ishlashida uzilishlar sodir bo‘ladi va hakoza.
Initsirovka bosqichida inson faoliyatining ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlariga ko‘ra ishlab chiqarishdagi avariyalarning 60 % ga yaqini ishchilarning xatosi va aybi bilan sodir bo‘ladi.
Kulminatsion bosqichda aholiga va atrof muhitga salbiy ta’sir etuvchi erkin energiya yoki moddalar vujudga keladi, ya’ni favqulodda holatlar sodir bo‘ladi. Favqulodda holatlarning asosiy xususiyatlaridan biri uning kechishini zanjir xarakterda ekanligidadir, ya’ni initsirovka hodisasining buzuvchi harakati energetik, zaharli va biologik faol komponentlar ta’sirida bir necha marta (ayrim hollarda yuz martagacha)
kuchayadi.
So‘nish bosqichida malum vaqt oralig‘ida xavf manbasining va biologik faol komponentlar ta’sirida bir necha marta tarqalish chegarasi cheklanadi, yani favqulodda holatlar lokal xarakterga o‘tadi.
Favqulodda holatlarni barcha turdagi, ya’ni, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va boshqa oqibatlarini to‘liq bartaraf etishga yillab, ba’zan esa o‘n yillab vaqt talab qiladi. Favqulodda holatlar sodir bo‘lishining aniq sharoitlardagi sabab oqibat zanjiri tarkibini va yuzaga kelish sharoitini bilish bunday hodisalarni sodir bo‘lish xavfini kamaytiradi va favqulodda holatlar vaqtida hushyorlikni oshiradi.
Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar Vazirlar mahkamasining 455-sonli qaroriga ko‘ra quyidagilardan iborat-zilzila, ko‘chki, tog‘ o‘pirilishi, yer sathining cho‘kishi.
Tabiiy ofatlar favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishida xavfli jarayon va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlarida aholini va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza qilish uchun xavfli geologik hodisalarning yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari o‘rganiladi, baholanadi, bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni huquqiy tomondan qanday amalga oshirish «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risidagi» qonunning 21, 22, 23 moddalarida bayon etilgan va bunday holatlarda qanday hujjatlar kerakligi 3 moddasiga aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Yer yuzasida sodir bo‘ladigan xavfli geologik jarayonlar asosan yerning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bundan tashqarii ilmiy-texnik ma’lumotlarga ko‘ra geologik muhitga insonning xo‘jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlari ham ta’sir etadi. Natijada ko‘lami kata yoki kichik bo‘lgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi.
Shahar qurilishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilish zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yetarli ahamiyat brish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1900 -2000 yillar oralig‘ini tabiiy favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xavf –xatarni kamaytirish xalqaro 10 yilligi deb e’lon qilgan. Shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari tender asosida xalqaro «Radius» loyihasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldilar. «Radius» ni dastur bo‘yicha to‘la joriy etish imkoniyati berilgan beshta –
Addis-Abeba (Efiopiya), Guayakilem (Ekvador), Tixuana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan.
Favqulodda vaziyatlar deb, oqibatda insonlar o‘limiga yoki atrof muhitga zarar kelishiga, ko‘plab moddiy yo‘qotishlarga turmush faoliyati buzilishiga olib keluvchi yoki olib kelgan avariyalar falokatlar, tabiiy va ekologik ofatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar natijasida ma’lum hududda yuzaga kelgan holat.
Tabiiy ofat deb, natijasida odamlar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yoki xavf tug‘dirgan, moddiy boyliklar va bizlarni o‘rab turgan atrof muhitning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lgan katta ko‘lamdagi tabiat hodisasiga aytiladi.
O‘zbekiston uchun quyidagi favqulodda vaziyatlar xarakterlidir:
a)tabiiy xarakterdagilar:
- zilzila;
- suv toshqini, sel oqimi, ko‘chishlar;
- epidemiyalar, epizotiyalar, epifitotiyalar.
b)texnogen xarakterdagilar:
- temir yo‘l va avtotransportdagi va metropolitendagi avariyalar.
- aviahalokatlar;
-texnologik jarayonida KTZM ishlatuvchi kimyoviy xavfli ob’ektlar, korxonalardagi avariyalar va ularni transportirovka qilishdagi avariyalar.
-portlash va yong‘indan xavfli ob’ektlardagi avariyalar, tadqiqot reaktori va radioaktiv moddalarni tashishidagi avariyalar.
v) ekologik xarakterdagilar;
-sanoat korxonalari tomonidan zararli aralashmalarning atmosferaga chiqishi chegaraviy chiqishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyadan ortib ketishi, katta hududlarning zaharli moddalar radioaktiv chiqindilar va hokazolar bilan zaharlanishi, shu jumladan transchegaraviy Favqulodda vaziyat oqibatida yuz berishi natijasida atmosfera (havo muhiti), tuproq va suvning tarkibi xossalarining o‘zgarishi.
Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |