Ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir namoishda aniq kõrsatilishi mumkin. Kirish muddati aniq kõrsatilishi lozim. Arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |