buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolayaptimi? Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo’yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin). Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi.Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog’ozlari bo’lmagan taqdirda oddiy buyruq qog’oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga “kadrlar shaxsiy tarkibiga oid” deb yozib qo’yish kerak. Buyruq sarlavhalari: “Ishga qabul qilish haqida buyruq”, “Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq”, ”Ishdan bo’shatish haqida buyruq”, ”Mehnat ta’tili berish haqida buyruq”, ”Rag’batlantirish haqida buyruq” va hokazo. Bunday buyruqlarda kirish qismi bo’lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda, bandlar, paragraflar bo’ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN», «TAYINLANSIN», «O’TKAZILSIN», «TASHAKKUR BILDIRILSIN», «BO’SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harf bilan yoziladi. Familiya ham bosh harf bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi. Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko’rsatib o’tiladi. Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa xususiy shaxsga muayyan buyruqdan ko’chirma berishga to’g’ri keladi. Zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Hujjat nomi. 3. Sanasi. 4. Raqami. 5. Joyi. 6. Sarlavhasi. 7. Matni (asoslovchi qismi, ”BUYURAMAN” so’zi, farmoyish qismidan kerakli bandi). 8. Imzo chekkan shaxs familiyasi (yoniga “imzo” degan so’z yoziladi). 9. Tasdiqlash belgisi. Buyruqdan ko’chirma, odatda, xos ish qog’oziga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to’g’ri» so’zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko’chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Davlat tilida ish fanidan õquv uslubiy majmua(bakalavriyat talim yo'nalaishi talabalari uchun) Tuzuvchi:Sh.Sh.Yo'ldasheva Taqrizchi:Xojaniyozev. E 2.Ziyo.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |