Mavzu: Faoliyatni va mahsulotlarni sertifikatlash shartlari



Download 24,96 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi24,96 Kb.
#401244
Bog'liq
faoliyatni va mahsulotlarni sertifikatlash shartlari (metrologiya) tayyor



Mavzu: Faoliyatni va mahsulotlarni sertifikatlash shartlari

MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBOTINI SODDALASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish va bu boradagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


  1. Quyidagilar:

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)


  1. 2004-yil 1-oktabrdan boshlab deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tizimi joriy etilsin.

“O‘zstandart” agentligi ikki oy muddatda Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.

  1. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq:

Chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar tomonidan sinov o‘tkazish uchun namuna olishning cheklangan normalarini belgilasinlar;

Akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar o‘rtasida sinovlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilasinlar;

Oldingi tahrirga qarang.

(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 225-modda)



  1. Belgilab qo‘yilsinki, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.



  1. “O‘zstandart” agentligi uch oy muddatda:

“O‘zstandart” agentligida “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning hamda Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini ularda sertifikatlashtirishning tegishli normativ hujjatlarda belgilangan xavfsizlik ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarning nomenklatura ro‘yxati, ularning sifatini va xavfsizligini belgilovchi normativ hujjatlarni ko‘rsatgan holda, nashr etilishini hamda bojxona, soliq va akkreditatsiya qilingan organlarga jo‘natilishini ta’minlasin.



  1. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi “EAN Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyatni “EAN Uzbekistan” uyushmasiga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.

O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ikki oy muddatda ushbu bandning bajarilishini ta’minlasin.

  1. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sertifikatlashtirish sohasidagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni respublikadagi barcha tadbirkorlarga, shu jumladan Internet orqali yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.



  1. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini, sertifikatlashtirishni o‘tkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

2-reja : MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 6-bandiga asosan buyuraman:


  1. Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



  1. Ushbu buyruq kuchga kirgan sanadan e’tiboran O‘zDSt 5.7:2003 “O‘zSMT. Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.



  1. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.

3- reja : Prezidentning 12.12.2018 yildagi “Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

2019 yil 1 yanvardan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Bu jarayon sezilarli ravishda soddalashtiriladi, хususan:



 

Birinchidan, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan iхtisoslashgan va qishloq хoʻjaligi teхnikasi, teхnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat хomashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinadi.

 

Biroq bunda:



 

Mazkur huquq ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan koʻp miqdorda boʻlmagan tadbirkorlik sub’yektlariga (erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) beriladi;

 

Yuqorida koʻrsatilgan sub’yektlar Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) toʻlaqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etishlari kerak;



 

Ikkinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan oʻlchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda bojхona hujjatlarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Uni bojхona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 2 oy davomida olish mumkin boʻladi;

 

Uchinchidan, oʻz ehtiyojlari uchun teхnologik jarayonlarda foydalaniladigan import boʻyicha olib kiriladigan oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyalash (turini tasdiqlash) soddalashtirilgan tartibda, 1 kun muddatda tan olish tartibotlari yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun Milliy oʻlchash etalonlari va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolagan mamlakatlarning Milliy metrologiya organlari tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (yoki tekshirish) sertifikatlari taqdim etish zarur.



 

Bu – muhim! Bayon etilgan tartibni qoʻllash shartlaridan biri – bojхona organlariga (shu jumladan, uchinchi shaхslar tomonidan) tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari olib kirilayotgan tovarlar maqsadli ishlatilishi va bojхona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 2 oy davomida oʻlchash vositalarini sertifikatlashtirish amalga oshirilishi toʻgʻrisida kafolat хati taqdim etilishi. Tovarlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat DSQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalardan foydalanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga ular tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash huquqi berildi.



 

Bundan tashqari, 2019 yil 1 yanvardan:

 

Alohida roʻyхat boʻyicha (sharh e’lon qilingan paytda ochiq holda mavjud emas)  olib kiriladigan iste’mol tovarlarini majburiy sertifikatlash faqat «Oʻzstandart» agentligi tizimidagi sertifikatlashtirish organlari, shuningdek, LBMA qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan, yangidan akkreditatsiya qilingan boshqa sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;



 

Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda takrorlanuvchi sinovlar oʻtkazilishi taqiqlanadi va sertifikatlarni berishda, idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan sinovlarning ijobiy natijalari asos qilib olinadi.

 

Vazirlar Mahkamasi sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya vaziyati nomaqbul boʻlgan davlatlarning roʻyхatini tasdiqlaydi. Roʻyхat muntazam yangilanadi. Roʻyхatga kiruvchi mamlakatlardan sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning olib kirilishi taqiqlanadi.



 

Shuningdek, kelajakda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun buzilishi (1.04.2019 yilga qadar qonun loyihasini kiritish topshirildi) uchun javobgarlikning kuchaytirilishi va sifat milliy infratuzilmasini takomillashtirish (1.09.2019 yilga qadar aniq takliflar kiritishlari kerak) koʻzlanmoqda.

4- reja : Mahsulotdagi shtrixli kod nima uchun kerak?

O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta’minlaydi.

EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va “O’zstandart” agentligining “Shtrixli kodlash markazi” davlat korxonasi tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. GS 1 (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan. GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro’yxatga olish raqami berilgani to‘g’risida guvoxnoma va EAN tizimiga ko‘ra tovar kod tuzilmasini beradi.

Hozirgi kunda savdo shaxobchalaridan sotib olingan deyarli har kanday tovar o‘z shtrixli kodiga ega (shtrix kod). Bu tovar markirovkasi 1949 yilda Bernard Silver va Norman Djozef Vudland tomonidan mahsulotdan uni nazorat qilishda axborotni avtomatik tarzda o‘qib olish imkoni uchun kashf qilingan.

Birinchi navbatda shtrixli kod savdoda kerak. Agar do’konda shtrixli kodni o‘qiydigan (POS- terminal deb ataladigan ingl. Point of Sale – “Sotish punktlari”) kompyuter kassalariga ulangan avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan bo’lsa, savdo zalining barcha tovarlarida shtrixli kod mavjudligi kassalar (POS-terminallar) oldida xaridorlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qiskartirishga imkon beradi. Kassa chekida xarid kilingan tovarning aniq nomi va uning narxi kayd qilinishi uchun kassirga maxsus o‘qish qurilmasi (skaner) bilan tovar qadog’idan EAN/UCC-13 raqamini o‘qib olishning o‘zi kifoya.

Bundan tashsari, savdo zalining barcha nazorat kassa mashinalari yagona nazorat qurilmasiga (kompyuterga) ulanganda har qanday vaqtda u yoki bu tovar sotilishining xaqiqiy hajmini, u yoki boshqa buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj darajasini baxolash (tikuv buyumlari hollarida anik modellarga bo‘lgan extiyojni baxolash), savdo zalining rastalaridagi tovarlar zahirasini to‘ldirish uchun omborga oldindan buyurtma berish mumkin.

Oddiy qoida: do’kondagi tovarning shtrixli kodi ham narx, ham xarid qilingan tovar ekvivalenti hisoblanadi. Agar ikki tovar narxi bo’yicha farqlansa, ular har xil shtrixli kodga (EAN rakamiga) ega bo’lishi kerak.

Hozirgi vaqtda shtrix kod nafaqat savdoda, balki omborxona hisobini olishda, pochtada, kutubxona ishida va boshqa sohalarda ham tovar bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. U bevosita yo tovarni ishlab chiqarishda uning upakovkasiga yoki maxsus printerlar yordamida bosiladigan stikerlarga qo‘yiladi.

Chiziqli shtrix kodda, oq-qora chiziqlar tagida raqamlar bilan kuyidagi axborot berilgan:

Birinchi uchta rakamda (478) tovar chiqqan mamlakat (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) to‘g‘risidagi axborot shifrlangan. Keyingi 6 ta raqamda ishlab chiqaruvchi korxona to‘g‘risida ma’lumot (001020), ulardan keyingi 3 ta raqamda (041) tovar to‘g‘risida ma’lumot. 1-nazorat soni.

Tovar to‘grisida ma’lumot taqdim etuvchi raqamlar quyidagi axborotga ega: tovar nomi, iste’molchilik xususiyatlari, o’lchamlari, massasi, tarkibi, rangi.

Adabiyot : uz.m.wikipedia.org

Standart.uz

REJA


1)Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar.

2)Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida



3)O’zbekiston Respublikasining 12-dekabr 2018-yilgi qarori to’g’risida
Download 24,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish