Mavzu – 16. Erkaklar kiyimlarining konstruksiyasini qurish
Erkaklar pidjagi asos konstruktsiyasini loyihalash (qurish) uchun dastlabki ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
kostyum assortimenti va konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar;
pidjak konstruktsiyasini qurish uchun razmer o’lchovlari va tana tuzilishi haqidagi ma’lumotlar;
konstruktiv-texnologik qo’shimchalar;
pidjak asos konstruktsiyasini loyihalash usullari haqidagi ma’lumotlar.
Pidjak konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar ikki guruhga bo’linadi: iste’molchi va texnik-iqtisodiy.
Iste’molchi talablari inson o’z ehtiyojini qondirishga qaratilgandir., ular ijtimoiy, estetik, ergonomik va ekspluatatsion talablarni o’z ichiga olgandir.
Ijtimoiy talablar - kiyimning aholi ehtiyojlariga mosligini, uni ishlab chiqarish va sotish zaruratini belgilaydi.
Funktsional talablar - kiyimning asosiy funktsiyasiga mosligini, iste’molchining psixologik xususiyatlari va tashqi qiyofasiga mosligini xarakterlaydi.
Estetik talablar – pidjak sifatini baholashda muhim o’rin tutadi va kiyim ko’rinishining bezatilishi, kompozitsion yechimini xarakterlaydi.
Ergonomik talablar – kiyimni kiyish mobaynida uning insonga qulay sharoit tug’dirish xususiyatlarini belgilaydi.
Eksplutatsion talablar – kiyimdan foydalanish va kiyish mobaynida uning tashqi ko’rinishining o’zgarmasligi, tez eskirmasligi va ma’lum muddatda xizmat qilish qobiliyatini belgilaydi.
Texnik – iqtisodiy talablar – kiyim konstruktsiyasining texnik jihatdan takomilligini, uni loyihalash va tikish, usullarini, kiyimni ishlab chiqarishga ketgan sarf-harajatlarni xarakterlaydi.
Erkaklar pidjagi kostyumning tarkibiy qismi bo’lib, shim bilan komplekt tashkil qilishi yoki alohida kiyim turi sifatida kiyilishi mumkin. Erkaklar pidjagi konstruktsiyasi bo’yicha koketkali, relef chokli, o’tqazma belbog’li; siluetiga qarab to’g’ri, yarimyopishgan va yopishgan bo’lishi mumkin. Pidjak uzunligi beldan pastgacha, bo’ksa chizig’ida, bo’ksadan pastgacha bo’ladi. Pidjak taqilmasi bir bortli yoki ikki bortli (assimetrik), shu bilan birga bir bortli pidjak taqilmasi yuqorigacha (bo’yin asosgacha), latskanli qilib loyihalanishi mumkin. Latskanli taqilma bir va undan ortiq tugma va izmada bo’lishi mumkin.
Pidjak modeli odam yoshiga, model ko’rinishiga tanlangan uslubga, gazlamaga mos bo’lishi kerak.
Klassik uslubdagi pidjaklarga old bo’lakda qirqma pidjaklarga old bo’lakda qirqma qopqoqli yoki ramkali cho’ntak, latskan va ikkita tugmali bort taqilmasi xosdir.
1-rasmda o’tqazma yengli erkaklar pidjagi ko’rinishining texnik chizmasi berilgan bo’lib, unda konstruktiv chiziqlar yaqqol ifodalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |