O‘qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o‘ta olishi kerak.
O‘qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta’sirini bir necha marta oshiradi. O‘ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, o‘z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishda sha-kllanadi.
O‘qituvchi keltirgan misollarida talabalarga mehnatga, jamiyatga, o‘rtoqlariga, jamoaga qanday munosabatda bo‘lish zarurligini anglatishi kerak. o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish uchun, albatta, o‘qituvchilar o‘rtasida hurmatga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |