Mavzu: Fanga kirish. Reja: Fanning maqsadi va vazifalari



Download 287,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.11.2022
Hajmi287,33 Kb.
#867598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.1
 
– rasm. Metrologiya va uning shug‘ullanadigan masalalari. 
Metrologiya o‘z navbatida quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi ( 1.2 – rasm). 
1.2 – rasm. Metrologiyaning bo‘limlari. 


2. Fanning sanoatdagi va mexanika-mashinasozlik sohalarida ishlab 
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdagi, ilmiy tekshirishlardagi va 
boshqa sohalardagi tutgan o’rni.
O`lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu 
rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi 
bosqichlarga bo`lish mumkin: antik rivojlanish davri; stixiyali rivojlanish davri
metrik tizimning joriy etilishi; metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri; 
O`zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi; mustaqillik davridagi 
rivojlanishi. 
Antik rivojlanish davri.O`lchashlarga bo`lgan ehtiyoj qadim zamonlarda 
yuzaga kelgan. «O`lchash» atamasining tom ma’nosi bo`yicha tahlil etadigan 
bo`lsak, qadimgi davrda insoniyat asosan «organoleptik o`lchashlar» - ya’ni, 
o`zining his etish a’zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo`yicha taxminiy 
ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu his etish organlari o`lchash vositasi vazifalarini 
bajargan. Garchand bu kabi o`lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bir 
o`lchashda, aniqrog`i baholashda muayyan bir o`lchovga nisbatan solishtirish 
amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish o`lchovi moddiy bo`lmagan, balki insonning 
o`z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda 
belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo`llana borgan sari 
solishtirish o`lchovlari moddiylasha borgan. Inson kundalik hayotida har xil 
kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning o`lchamlari va 
massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini
manbalarini bilmasdan, o`zining sezgisi va tajribasi asosida o`lchay boshlagan. 
Insoniyat rivojlana borib, ish qurollarini va yashash tarzini yanada 
takomillashtira borgan. YAshash va mehnat sharoitlarini yanada qulaylashtirish 
harakatida bo`lgan. Moddiy bo`lmagan o`lchovlar bilan ishlash noqulayligi, va 
individualligi tufayli, uni moddiylashtirish yo`llarini axtara borgan. SHu asnoda turli 
o`lchash birliklari paydo bo`lgan. 
Eng qadimgi o`lchash birliklari – antropometrik. U insonning muayyan 
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan. Masalan: 
qarich - qo`l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch 
- qo`llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa, qadam - balog`at yoshidagi 
odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa, 
chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshita olishi mumkin 
bo`lgan masofa, ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to`rttasining 
kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko`rsatkich barmoqlar 
orasidagi masofa, va hokazolar. 
Metrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan yoki davlat 
arboblarining antropometrik o`lchamlarini asos qilib olish hollari ham uchraydi. 
Masalan, ingliz qiroli Genrix I (12-asrning boshi) yardo`lchash birligini (

91,44 sm) 


joriy etgan. Bunda namunaviy o`lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga 
cho`zilgan qo`lning o`rtancha barmog`i uchigacha bo`lgan masofa olingan.
Antropometrik o`lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy o`lchash birliklari ham 
paydo bo`la boshlagan. Bu birliklar sifatida tabiatdagi ba’zi doimiy, o`zgarmas 
hisoblangan ob’ektlarning hususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho 
toshlarning o`lchov birligi sifatida keng qo`llanilgan, "no`xotcha" ma’nosini 
anglatuvchi 

Download 287,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish