Mavzu: Falsafiy taffakkur evolyusiyasi. Qadimgi davr,o'rta asrlarda uyg'onish davri falsafasi



Download 60 Kb.
Sana22.02.2022
Hajmi60 Kb.
#86718
Bog'liq
2 5350571945555396600


1- Mustaqil ish
Mavzu:Falsafiy taffakkur evolyusiyasi. Qadimgi davr,o'rta asrlarda uyg'onish davri falsafasi.
1-topshiriq.
Javoblar:
1.Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri — ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar — Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk — ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi, va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.
2. Qadimgi Yunonistonning Efera shahrida (er.av. 544-583 yillar) Geraklit
degan faylasuf yashagan. U qadimgi Yunonistondagi stixiyali dialektikaning
asoschisi bo’lib hisoblanadi.
Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang’ich asosi deb konkret modda
– olovni oladi. Geraklitning fikricha, dunyo qonuniy ravishda alangalanib va
so’nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit,
- xudolardan ham hyech biri yaratmagan, dunyo qonuniyat bilan so’nadi, abadiy
tirik olov bo’lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday
bo’lajak».
Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud
emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimiy bo’lish va
yo’qolish jarayonidir».
Geraklit o’zining «hamma narsa oqib turadi, ammo hamma narsa doimo
o’zgarib turadi» degan dialektik fikri bilan dunyoni oqib turadigan daryo bilan
taqqos qiladi. Geraklit: «oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi», -
deydi. Daryo oqib turishi tufayli, har bir tushganimizda unda yangi suvlar oqib
turadi. Geraklitning fikricha, tabiatning doimiy o’zgarib turishining sababi –
narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir.
«Hamma narsa kurash orqali maydonga keladi»- deydi Geraklit. Uning
fikricha, qarama-qarshiliklar o’zaro kurash holatida bo’lib turganlari holda, bir-
birlariga o’tib turadilar.
Geraklitning fikricha, doimiy o’zgarish, harakat va o’zaro qarama-qarshi
tomonlarga o’tish – jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog’liq. Masalan, Dengiz
suvi inson ehtimoli uchun yaroqsiz bo’lsa baliqlar uchun ayni muddaodir.
Geraklitning fikricha bilish jarayoni kishi sezgi organlari orqali olingan
tasavvurlardan boshlanib, tafakkur orqali takomillashadi.
Pifagor (er.av. 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashyab o’tgan.
U qadimgi yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka
asos solgan.
3.Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va muammolardagi farqlar.lnson muammosini o‘rganishga nisbatan yondashuvlarda G‘arb va Sharq falsafasida tafovutlar mavjud. G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish umuminsoniy ma'naviyat ekanligi ta'kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu sababli unda insonning o‘zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga hyech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “Yolg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini yengib, jilovlab olmagan kishi, hyech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi”6 kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. Shu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
Sharq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy ta'limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hyech bo‘lmasa qadimgi Yunoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.
4.Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.

Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qoʻllanma vazifasini oʻtadi.

Farobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F. tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sababoqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, F.ning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Farobiyning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl toʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini taʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.



Farobiy oʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy fikrlash toʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini bajaradi. F. "Ilm va sanʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi.
5.Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida 980 yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang‘ich ma’lumot olishga, ilmfanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997)ga to‘g‘ri keladi.
Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezda egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiyilmiy, falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim bo‘lib tanildi.
Абу Убайд Жузжонийнинг ёзишига қараганда, Ибн Сино бу асарини ҳижрийнинг 414 йили (милодий 1023) Ҳамадонга яқин бўлган Фараждан қалъасида тўрт ой қамалиб ётган пайтида ёзган. Шайх бу вақтларда 44 ёшларда бўлган. «Ҳайй ибн Яқзон (Уйғоқ ўғли Тирик)» — рамзий-мажозий услубда ёзилган қиссасининг бош қаҳрамонн — биринчи шахс Ибн Синонинг ўзи бўлса, унинг суҳбатдоши, ҳикоя қилувчи — Ҳайй ибн Яқзон – Уйғоқ ўғли Тирик – Ақлдир. Қиссадаги бешта алоқа бўлими инсондаги бор бўлган бешта ташқи сезув органи — кўриш, таъм билиш, ҳидлаш, эшитиш, сезишдир. Булар киши организмида табиатни тушунишда, муносабатда бўлишда мисоли бир хабарчидир. Ибн Синонинг бу қиссаси кўп жиҳатдан мажозий, рамзий битилган, кишилар феъли атворини ўз ичига қамраб ололган ва ҳаётий гаплардан мулоҳаза юритадиган адабий асар ҳамдир. Мана шу нуқтаи назардан қараганимизда қиссанинг икки соҳада — ҳам фалсафий, ҳам адабий соҳада ёзилганлигини кўрамиз.

Таниқли шоир ва олим Абдулла Шер «Уйғоқ ақл даҳоси» мақоласида шундай ёзади: «Даҳо файласуф ва адибнинг қиссалари орасида «Ҳайй ибн Яқзон» («Уйғоқ ўғли Тирик») алоҳида ўрин тутади. Чунки унда, Ибн Сино ижодининг, умуман, машоиййунлик фалсафасининг энг асосий тушунчаси – ақл ҳақида, унинг моҳияти ва аҳамияти борасида сўз боради. Уйғоқ ўғли Тирик – яъни, ақл қиссада ўз суҳбатдоши бўлмиш муаллифга киши оламни ва одамни билиши учун мантиқ илмидан ҳабардор бўлиши кераклигини, бу илм моҳиятан фаросат илми бўлиб, инсон ўз ҳаётида нима яхши-ю, нима ёмон эканини мантиқий фикрлаш орқали аниқлаштириб олиши мумкинлигини уқтиради. Қиссада уйғоқ – фаол ақл ёрдамида инсон аста-секин барча иллатлардан фориғ бўла бориши, фазилатлар эгасига айланиши таъкидланади, ҳиссиётга нисбатан ақлнинг устувор аҳамиятга эгалиги фалсафий-мажозий шаклда ифодаланади».

Демак, “Хайй ибн Яқзон” мантиқ илмига бағишлангани билан ҳам ақлий тарбияда катта аҳамиятга эга. Рисола инсондаги ёмон иллатларни бартараф этишда илму фан, зиёнинг аҳамияти, инсондаги ақл-тафаккур қувватининг ёмон иллатлардан қутулиши, ўзлигини англаш воситаси эканлиги билан адабий-фалсафий асаргина бўлиб қолмай, тарбиявий асар сифатида ҳам қимматлидир.
6.Ibn al-Arabiy Abu Bakr Muhammad (taxallusi; Shayx al-Akbar "Buyuk Shayx") (1165.7.8, Mursiya, Ispaniya — 1240.16.11, Damashq) — arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning koʻzga koʻringan namoyandasi. Falsafiy dunyoqarashiga vaxdat ul-vujud taʼlimoti xos boʻlib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy substansiya (ruh, ideya) dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga koʻngilni poklash orqali erishishni tan olgan. Uning "al-Futuhot al-Makkiyya" ("Makka gʻalabalari"), "Fusus alhikam" ("Hikmatlar durdonasi"), "Kitob as-sabʼa" ("Yetti hikmat kitobi"), "Mafotih al-gʻayb" ("Gʻayb kalitlari"), "Kitob alhaq" ("Haqiqat kitobi") kabi 400 ga yaqin asari bor.
So‘fizm vakili Ibn Arabiy falsafasi yevropa falsafiy an'anasiga yaqin bo‘lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, ko‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bo‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, ro‘yo va h.k.).

Ibn Arabiyda har bir filosofema, bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli yechimlarning har biri bo‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.


Sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u to‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi34, mantiqan to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo‘lishi, biron-bir bo‘g‘inda uzilmasligi lozimligini ko‘rsatadi va o‘zi isbotlashning mantiqiy metodlarini ko‘p karra qo‘llaydi.

Ibn Arabiy fikriga ko‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir35. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hyech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma'qulroqdir»36. Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to‘g‘ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna orqali o‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, o‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko‘zga kichkina bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. To‘g‘ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz..


Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bo‘lib turgan o‘tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bo‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud o‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.
Muammoni mushohada yuritish yo‘li bilan yechish: (yechimdan shartlar sari). Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma'noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma'no borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob'ekti hisoblanadi. Yashirin ma'noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko‘rish demakdir.

Mushohada yuritish jarayonida bilish sub'ekti o‘zining bilish ob'ektidan ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab yetadi. Bunga bilish sub'ekti bo‘lgan insonda ham «yashirin ma'no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy bo‘lgani uchun bilish ob'ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, «tashqi mohiyat»da esa sub'ekt va ob'ektning alohidaligi saqlanib qoladi.


7.Din ijtimoiy hayotni, voqelikni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ongning shaklidir.
Diniy ta’limotlar jamiyat hayoti bilan bo’gliq ravishda paydo bo’lib, ular jamiyat hayotidagi voqea-
hodisalar diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p
jihatdan inson his-tuyg’ulari, ehtiroslari, hayollari ta’siri ostida paydo bo’ladi. Dinning ijtimoiy
tarixiy, gnosiologik va psixologik ildizlari mavjuddir. Dinning ildizi dinning vujudga kelishini,
uning qayta tiklanishi zaruriyati va imkoniyatlarini, umuman, uning salohiyatini yaratuvchi kishilar
yig’indisidir. Dinning ujtimoiy-iqtisodiy ildizi deyilganda dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiy
shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining pastligi, odamning
tabiat kuchlari oldidagi ojizligi ularda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Jamiyat hayotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat
hayotida sodir bo’luvchi voqea va hodisalar diniy ta’limotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Dinlar
dastlab politeistik, ya’ni ko’pxudolik dinlardan iborat bo’lib, insonda ong-tafakkur shakllanishi
jarayonida inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning sabablarini tushunishga
harakat qila boshlaydi. Dinning gnosiologik ildizlarini tashkil etuvchi bu narsa-hodisalarning bu
sabablarini bilmaslik inson tomonidan butun tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni jonlantirib
tasavvur qilishiga olib keldi. Jamiyat hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar, yirik davlatlarning
vujudga kelishi, hokimiyatning yakka hukumdor qo’lida to’planishi odamlarning politeizmdan
monoteizmga o’tishiga, ko’plab xudolar ichidan yagona xudoga e’tiqod qilishining boshlanishiga
olib keladi. Dinning psixologik ildizlari dinlarning ma’naviy ruhiy ehtiyojlari bilan bevosita
bog’liqdir. Insonning o’ziga doimo taskin beruvchi, uning his-tuyg’ularini yengillashtiruvchi
kuchga bo’lgan ehtiyoji dinning psixologik ildizlarini tashkil etadi.
Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, ishonmoq degan ma’noni
bildiradi. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib, chuqur mustahkam ishonch degan
ma’noni anglatadi.
Din bu insonga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy
qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir. Diniy imon va
e’tiqod din yo’lining to’g’riligi, haqligi ishonchdan iborat ma’naviy ruhiy holatdir.
Dinning tarkibiy qismi muayyan elementlardan, diniy ong, diniy ibodat va diniy
tashkilotlardan iborat bo’lib, diniy tashkilotlar faoliyati ijtimoiy vazifalar bilan belgilanadi.
Jamiyatdagi diniy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, ya’ni siyosiy, huquqiy
axloqiy-ma’naviy, iqtisodiy mehnat munosabatlari hamda jarayonlari bilan bevosita bog’liqdir.
Diniy jamoa diniy e’tiqodga asoslangan kishilar birligining asosiy belgilari quyidagilardan
iboratdir.
1)Diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, 2)Diniy marosimlar va undan tashqaridagi
18

faoliyatlarning birligi, 3)Etnik birlik tuyg’usi, 4) Jamiyat azolari orasidagi o’zaro taqsimlangan


mavqe va vazifalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar huquq yoki umumiy dasturlar, qoida,
fatvolar bilan belgilanadi. Dinlar tarixida ko’p hollarda diniy birlik etnik birlikka mos kelgani uchun
din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Masalan, islom dinida millat emas, islom diniga
e’tiqod qiluvchi, Muhamad payg’ambar targ’ibotiga ergashgan kishilar birligi-ummat tushunchasi
ishlatiladi. Diniy munosabatlar eng tez o’zgaruvchan munosabatlar bo’lib, bevosita diniy ehtiyojlar
bilan bog’lanmagan, ayni zamonda kundalik va muhim ijtimoiy vazifalarni ham qilishga qaratilgan,
kishilarning hatti-harakatlarini diniy qarashlar, pand-nasihatlar, odatlar orqali belgilash, yo’naltirish
natijasida vujudga keladi.
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish