Mavzu: Bajardi:Urazbaeva Gulasal POL-ANRI GOLBAX (Paul Genrix Ditrix) (1723-1798) Frantsuz faylasufi Pol-Anri Golbax Germaniyaning Geydelsteym shahrida savdogar oilasida tug‘ildi. U baronlik nasabiga mansub edi. Golbax Leyden dorilfununini tugatib, Frantsiyaga yo‘l oldi va Parij shahrida muqim yashab qoldi. Uning Parijdagi Sen-Rosh ko‘chasida joylashgan uyi mashhur frantsuz ma’rifatparvarlarining qarorgohi bo‘lgan. Golbaxning quyidagi asarlari malum: - «Nasroniylikning fosh etilishi» (1761),
- «Ijtimoiy tizim» (1713),
- «Tabiiy siyosat» (1773),
- «Tabiiy axloq» (1770),
- «Tabiat tizimi yoxud fikriy olam va ruhiy olam qonunlari haqida (1770),
- «Tabarruk maraz» (1768),
- «Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776).
- Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan.
Baxtli bo‘lmoq uchun davlatmandlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun boylikdan foydalanishni ham uddalash kerak.
Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi.
Inson baxti uning orzu-istaklari tashqi muhitga qanchalik mos tushishi bilan belgilanadi.
Inson o‘zini tabiatning imtiyozli mavjudoti deb bilishi uchun hech qanday asos yo‘q. Zotan, u ham tabiatning boshqa mahsullari kabi beqarorlikka mahkum etilgan. Uning soxta ustunligi zamirida faqat adashish yotadi. Inson o‘zi makon etgan yer kurrasi uzra fikran yuksaklikka ko‘tarilib ko‘rsin-chi. Shunda u odamzotga xuddi boshqa hamma mavjudotlarga qaragandek qaraydi.
Inson – tabiat mahsuli.
Har bir daraxt o‘ziga xos meva bergani kabi har bir inson ham o‘zining alohida quvvatiga xos ravishdagi harakatlari yoki qilmishlari mevasini berayotganini ko‘radi. Hamda o‘zining o‘rnini qayta baholashga undayotgan puch xayolligini inson bir vaqtning o‘zida ham Koinot kuzatuvchisi, ham Koinotning bir bo‘lagi ekanligi tufayli paydo bo‘lganini anglaydi. - Har bir daraxt o‘ziga xos meva bergani kabi har bir inson ham o‘zining alohida quvvatiga xos ravishdagi harakatlari yoki qilmishlari mevasini berayotganini ko‘radi. Hamda o‘zining o‘rnini qayta baholashga undayotgan puch xayolligini inson bir vaqtning o‘zida ham Koinot kuzatuvchisi, ham Koinotning bir bo‘lagi ekanligi tufayli paydo bo‘lganini anglaydi.
Olim o‘zi asarlar yozibgina qolmay, o‘zi sevgan kitoblarni to‘plagan, avaylab saqlagan. Uning shaxsiy kutubxonasida 2777 jild kitob bo‘lgan. 1770 yilda Golbaxning «Tabiat tizimi», «Nasroniylikning fosh etilishi» va «Tabarruk maraz» asarlari Parij parlamenti tomonidan yoqishga hukm qilindi, chunki ularda dahriylik ruhidagi fikrlar bor edi.
Jamiyatlar ham tirik organizmlar kabi inqirozlar, aqlsizlik lahzalari, inqiloblar, hayotiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradi, ular ham tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi, sog‘lomlikdan bemorlik sari, bemorlikdan salomatlik sari yuz tutadi va nihoyat, barcha inson zoti kabi bolalik, yoshlik, yetuklik, keksalik bosqichlaridan o‘tib, o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi. Jamiyatlar ham tirik organizmlar kabi inqirozlar, aqlsizlik lahzalari, inqiloblar, hayotiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradi, ular ham tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi, sog‘lomlikdan bemorlik sari, bemorlikdan salomatlik sari yuz tutadi va nihoyat, barcha inson zoti kabi bolalik, yoshlik, yetuklik, keksalik bosqichlaridan o‘tib, o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi. Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi. Inqiloblar va ijtimoiy bo‘hronlar jamiyat uchun kulfat, albatta. Shu bois jamiyat ularni mustaqillik va bardavom farovonlikka erishish yo‘lidagi muqarrar, lekin muvaqqat bosqich sifatidagina qo‘llashi mumkin. - Bu olamda ro‘y bergan eng yirik voqealar asosida yotuvchi istaklar aql ko‘zi bilan qaraganda arzimas bo‘lib tuyuladi. Ko‘pincha axloq xususidagi bahslar, bolalarcha injiqliklar, ixtiloflar, qandaydir vazir yoki xonimning yomon kayfiyati, elchining surbetligi, qaroqchining qo‘polligi, noto‘g‘ri qabul qilingan so‘z – mamlakatda urush olovini yoqish uchun kifoya qiladi.
Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan, ikki xil mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi. - Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan, ikki xil mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |