2. Falsafa tarakkiyoti uzok tarixga ega. Falsafa-ijtimoiy ongning maxsus shakli xisoblanadi. Falsafa inson bilimining eng kadimiysi va eng kizikarlisidir. Falsafa eng kadimiy fan bo’lib, uning vujudga kelishi kadimiy kuldorlik davriga borib takaladi. Manbalar shundan dalolat beradiki, falsafa fan sifatida dastlab Xindistona, Xitoyda, Gresiyada, Markaziy Osiyo mamlakatlarida shakillangan va rivojlangan. Falsafa, uning predmeti, o’rganish obyekti, falsafaning muammolari olimlarni kadimdan kiziktirib kelgan masalalar bo’lib xisoblanadi. Dastlab falsafa (filosofiya) keng ma’noda ko’llangan va fanlar, nazariy fikirlarni ifodalagan. Turli davrlarda faylasuflar «falsafa nima xakda baxs yuritadi ?» degan savolga javob topishga uringanlar.
Dastlab falsafa kishilarning xayotiy kuzatishlaridan xosil kilingan bilimlar bilan bir katorda, ularning o’zlari, olam xakidagi o’y-fikirlarini xam kamrab olgan.
Falsafaning mavzusi, predmeti xakidagi fikirlar davrlar o’tishi bilan uzgarib borgan, olamni falsafiy tushunish turli tuman shakllarda ifodalangan. Fanlar, ma’naviy madaniyat tarakkiyoti falsafaga o’zining ta’sirini ko’rsatgan.
Dastlab falsafa tushunchasi «fan»ning siymosi xisoblangan va keng ma’nodagi «Fan» tarzida ko’llangan. Kadimgi Yunonistonda falsafaning predmetini aniklashga xarakat kilingan. Fanlar klassifikasiyasi bunga misol bo’la oladi.
Falsafaning baxs mavzui Markaziy Osiyo o’rta asrlarda yashagan mutafakkirlarning tomonidan yoritilgan.
Abu Nosir Farobiy «falsafani borlikning moxiyati; butun mavjud narsalarning mazmuni xakidagi mukammal va to’lik; bilim beradigan fan» deb bilgan. Mavjudot xakidagi bilim ko’lga kiritilsa, shu xakda ta’lim berilsa, mavjudoddan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil va xujjatlar asosida shu narsa xakida miyada bir turli ishonch va tassavvur paydo bulsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...
Farobiy falsafa, falsafiy muammolarga doir ko’pgina asarlar yaratgan. Bular «Substansiya xakida so’z»(«Kalom doil javxar»), «Konunlar xakida kitob» (« Kitob doil navomis»), «Falsafa tushunchasining ma’nosi xakida so’z.» («Kamol doil ma’nosi ism as-falsafa»), «Falsafaning kerakligi xakidagi kitob», «Ilimlarning kelib chikishi va tasnifi» («Ijo-al-umum») kitoblar shular jumlasidandir.
Abu Ali Ibn Sino Farobiyning fikrini davom ettirib, falsafaning vazifasi barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chikishini tartibi, o’zaro munosabatlari, biridan ikkinchisiga o’tishini tekshiruvchi deb biladi.
Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy karashlari «Kitob-ash-shifo», «Donishnoma», «Tabib ilimlari konuni», shuningdek «Risola at-Tayir» («Kunt ilmi»), «Salomat va ipsol», «Xayit Ibn Yakson» kabi badiiy kissalarida o’z ifodasini topgan.
Abu Abdulox Al Xorazmiy falsafa ikki kisimdan, nazariy va amaliy kisimdan iborat deb biladi. Uning fikricha nazariy falsafaga tabiat ilimlari, iloxiyat yani metofizika xamda mantik kiradi.
Umuman olganda o’rta asirlarda falsafa fanlar fani degan karash xukumron edi.
Faylasuflar o’z ijodlarida falsafa o’rganadigan muammolarni aniklaganlar. Lukresiy Karning «Narsalar tabiati to’grisidagi», risolasi, D.Brunoning «Koinotning tuganlanmasligi» to’grisidagi, P.Gol’baxning «Tabiat tizimi», Ibn Sinoning «Tib konunlari», Gegelning «Tabiat falsafasi», shular jumlasidandir. Shunday kilib falsafa avvalo tabiat falsafasi sifatida shakillandi.
Faylasuflar o’z risolarlarida jamiyatni falsafiy taxlil etdilar.
Aflotunning «Davlat», «Konunlar», Arastuning «Siyosat», Gobbsning «Grajdanlik to’grisida»gi, Gegelning «Xukuk falsafasi» shular jumlasidandir.
Faylasuflar ijtimoiy xayotni o’zgartirish bilan bir katorda kanday kilib yaxshi jamiyatga erishish mumkin? degan savolga javob izlaydilar: adolat, insonparvarlik, xakikat, odamiylik, ma’rifat egalarini ilgari suradilar.
Falsafaning o’rganish obyektlaridan biri va eng asosiysi inson xisoblanadi. Inson, uning tabiati, olamga munosabati, tili, Etikai, inson kobiliyatlarining namoyon bo’lish shakllari faylasuflarni kiziktirib keldi. Sukrot (kadimiy grek faylasufi) falsafani xayotni tushunish deb ta’kidlagan. Arastu, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Dekartlarning bir kator risolalari insonni falsafiy tushunishga bagishlangan. Abu Ali ibn Sinoning «Ilmlar to’grisida», Gegelning «Dunyo falsafasi» asarlari shular jumlasidandir. Umuman olganda, falsafiy muammolar doirasiga dunyo, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat, inson, insonning jamiyatda tutgan o’rni, insonning olamni anglashi kabilar kiradi. Shuning uchun xam kadimdan kishilar «dunyo nima?», «u kanday tuzilgan?», «uning chegarasi bormi?», «nima sababdan olamda turli-tuman o’zgarishlar yuz beradi?», «jamiyat nima?», «inson jamiyatda kanday o’rin tutadi?» kabi savollarni ko’yganlar va ularga javob izlaganlar. Bu esa, o’z navbatida ikki narsani aniklashni talab etadi:
1.Insonning olamga bo’lgan munosabati
2. O’z-o’ziga munosabati.
Insonning olamga munosabati uning olamni anglashidir, o’z-o’ziga munosabati o’zini inson sifatida anglashida namoyon bo’ladi.
Falsafaning muammolari kanday tarzda namoyon bo’lmasin, uning asosida inson anglashiladi. Shuning uchun xam biz falsafaning baxs mavzui deganda, dastavval, insonni anglamogimiz lozim: «Falsafaning vazifasi insonni moxiyatini, borlikdagi o’rnini bilish » bu esao’z navbatida insonni borlik tarakkiyotining oliy, noyob, betakror natijasi deb karash, xamda insonning jamiyatdagi o’rni, munosabatlarini o’rganishni takazo kiladi.
Falsafa doirasidagi muammolarni shartli ravishda 3 guruxga bo’lish mumkin. Inson nuktai nazarida:
1.Olam, borlikning moxiyati to’grisida muammolar.
2.Olamning kandayligi, xossa - xususiyatlari to’grisidagi muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |