Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Formal mantiq qonunlari
(yoki tafakkur qonulari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy
bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks
etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari
bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro
aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini
olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal
qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin
emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr
yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan holi bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri
tafakkurlashning asosiy belgilaridir. 
Ayniyat qonuni.
Biror buyum yoki hodisa xaqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan
barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet xaqidagi fikr necha marta va qanday
holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi.
Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa xaqida aytilgan ayni bir fikr ayni
bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir
. Bu qonun formal mantiq ilmida «A-
A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni
aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas.
Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki
bilmasdan, buzish holatlari uchraydi. Ba’zan, bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli
fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy
nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lsa, biror hunarmand tomonidan
bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo‘llaniladi. YOki Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining
quyidagi misralari misol bo‘la oladi:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
YAxshilik qil bolam, yomonlikni ot,
Nasixatim yod qilib ol farzandim,
YOlgiz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish