Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

«jamiyatning ijtimoiy sohasi»
ni belgilaydi. SHu
jihatdan jamiyatning hamma sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalari ijtimoiy
sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga jamiyatning alohida ijtimoiy sohasi bo‘lib, u –
har xil ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, strategiya,
etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o‘rtasidagi
munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari shundaki, ular
jamiyatning hamma sohalariga kirib borgan. Ularni faqat iqtisodiy, siyosiy yoki
ma’naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas.


SHuni aytish mumkinki, ijtimoiy sohaning asosini individning ijtimoiylashuvi
tashkil qiladi, ya’ni bunga uning me’yorlar, qadriyatlar, namunali xulq
ko‘rsatmalarini bajarishi kiradi. Agar iqtisodiy va ma’naviy sohalarda individ moddiy
va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va ehtiyojlarni ta’minlovchi bo‘lsa,
siyosiy sohada siyosatning ob’ekti va sub’ekti bo‘lsa, ijtimoiy sohada esa ijtimoiy
individdir, ya’ni u sotsiumning (jamiyatning) a’zosidir. Individ sotsiumga turli guruh
va birlashmalar orqali a’zo bo‘lgani uchun turli guruh va birlashmalarning faoliyati
ijtimoiy sohaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar
jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi.
Ijtimoiy struktura o‘z tabiatiga ko‘ra ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, u qonun
chiqaruvchining qarorlari bo‘yicha ta’sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Jamiyatning ijtimoiy strukturasi undagi guruhlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro
ta’sirini ham o‘z ichiga oladi.
Jamiyat strukturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin: demokrafik, etnik,
ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma’rifiy, konfessional tuzilish va
boshqalar.
Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi
etnos, konfessiya vakili, sinf, kasbi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha turli xil
tuzilmaga kiradi. Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi,
yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi,
migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. 
Polietnik (ko‘pmillatli) va polikonfessiyaviy jamiyat uchun etnik va
konfessiyaviy struktura dolzarbdir. Birinchi holatda ijtimoiy birlik, ya’ni qabila,
millat, xalq (umuman -etnos) to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchisida esa konfessiyaviy
(diniy) birlashmalar ustida gap boradi. Agar jamiyatning etnik tuzilmasida etnik
birliklarning rivojlangan shakli – millatlar mavjud bo‘lsa, u ko‘pmillatli bo‘ladi.
Evropa, Amerika va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar
etnik strukturasida qabilalar bo‘lsa, unday jamiyat polietnik bo‘ladi. Afrika, Okeaniya
va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir.
Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar,
stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular
quyidagi sifatlari bilan farq qiladi: a) ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi ma’lum
o‘rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli;
g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham
borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga ega emas (ziyolilar, byurokratiya, lyumpenlar
va boshqalar), shunga qaramay ular baribir ijtimoiy strukturaning elementi
hisoblanadilar.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy strukturani o‘rganishda
straktifikatsiyaviy yondashuv mavjud. Uning asoschilaridan biri P.A.Sorokinning
yozishicha: «Ijtimoiy stratifikatsiya – bu ierarxiya darajasiga qarab differensiya
qilingan odamlar (aholi)ning bir guruhlaridir. Uning asosi va mohiyati huquq va
imtiyozlarning, javobgarlik va vazifalarning nomutanosib taqsimlanganligi, ijtimoiy
qadriyatlarning mavjudligi yoki yo‘qligi, u yoki bu hamjamiyatga kiruvchi guruhlarni
hokimiyati va a’zolar o‘rtasidagi ta’sirini bor-yo‘qligidan iborat».


Hududiy-yashash strukturasi «odamlarning yashash hududlariga, ayni bir yoki
turlicha yashash joylariga mansubligi bilan bog‘liq holdagi o‘zaro munosabatlarini»
ifodalaydi. Strukturaning bu turi tarixda yaxlit, agrar, qishloq jamiyati o‘zidan
shaharlarni ajratib chiqargan davrda paydo bo‘lgan. Bu asosan mashg‘ulotlarning
yangi turlari: hunarmandchilik, savdogarlik, keyinchalik – intellektual mehnat paydo
bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. SHaharlar faqat savdo-hunarmandchilik emas,
mudofaa, ma’muriy-siyosiy, madaniy markazlar sifatida ham paydo bo‘ldi.
Hozirgi zamon jamiyati uchun kasbiy-ma’rifiy strukturaning ahamiyati
kattadir. Sotsium qanchalik darajada rivojlangan bo‘lsa, bu struktura shunchalik
murakkab va sertarmoq bo‘ladi. Bu tuzilma ijtimoiy mehnatning chorvachilik va
dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi, aqliy va jismoniy
mehnatga bo‘lingach paydo bo‘ldi. Ba’zi kasb-hunarlar vaqt o‘tishi bilan eskirib,
kerak bo‘lmay qoladi va ularning o‘rniga ulardan ham ko‘proq kasblar paydo bo‘ladi.
Masalan, faqat birgina XX asr davomida deyarli hamma izvoshchilar yo‘q bo‘lib,
uchuvchi va kosmonavtlar paydo bo‘ldilar. Uy shveysarlari yo‘q bo‘lib, ko‘psonli
«sekyuriti»lar paydo bo‘ldilar. Ko‘psonli ko‘chirib yozuvchilar o‘rniga
kompyuterlarda ishlovchi kotiblar paydo bo‘ldi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish