6.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib
borilayotgan islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni
qo‘ymoqda.
Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq
ravishda O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda.
Jamiyatda mafkuraning tutgan o‘rni va mavqei, uning ma’naviy-axloqiy yangilanishi,
yangi ijtimoiy eng yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi, uyg‘un barkamol
avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z aksini O‘zbekiston
Respublika Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida
3
, rasmiy nashrlarda
4
, olimlarning
tadqiqotlarida, ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir adabiyotlarda topmoqda.
5
SHakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasining «mustaqillik», «kelajagi buyuk
davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik jamiyat», «ma’rifatli jamiyat»,
«umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat islohotchi sifatida» kabi
tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi jihatlarini tadqiq qilishni davom ettirish
hozirgi zamon talabidir. Falsafa O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy
xususiyatlari va yashash tarzining o‘ziga
xosligini, mintaqada vujudga kelgan
muayyan-tarixiy sharoitni hisobga olgan holda umumiy tushunchalar, insoniyat
taraqqiyotining umumiy mantig‘i, ijtimoiy-siyosiy guruhlar,
u yoki bu siyosiy
g‘oyalar va davlatlarning amaliy faoliyatlaridan kelib chiqib tanqidiy ravishda idrok
etishi lozim.
Ijtimoiy borliqning hozirgi zamondagi tub masalalarini, jumladan: birlamchilik
nuqtai nazaridan yangi qurilayotgan jamiyatda shaxs manfaatlari bilan davlat
manfaatlarini o‘zaro munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An’ana va
urf-odatlarni tiklash siyosati ularni to‘la yoki qisman faollashtirishni bildirishi
lozimmi yoki yuqmi va ularni tanlab olish qoidasi qanday bo‘lmog‘i lozim?
An’analar va yangiliklarni, muhofazakorlik va harakatchanlikni,
eski va yangi
o‘rtasidagi tafovutni qanday muvofiqlashtirish mumkin? Qanday qoidalarga tayangan
holda kam sonli aholi (irqiy, diniy va boshqa jihatlardan) huquq va manfaatlari
muammolarini hal qilishning imkoni bormi? YAngi jamiyatda SHarq va G‘arb
qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat nazorati
bilan fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonining nisbati qanday bo‘ladi? Haqiqiy
va soxta ozodlik nimani bildiradi? Davrimizning bu va boshqa dolzarb masalalari
oddiy xususiyatga ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz
faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qilib, mualliflar tarafidan
noyob falsafiy qarashlarni vujudga keltirishni taqozo qiladi. Falsafiy tadqiqotlarning
muammoviy maydonini yanada kengaytirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Hozircha
respublikada qadriyatshunoslik, falsafiy antropologiya, din falsafasi, texnika falsafasi,
komparativtika falsafasi va hokazolarga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqottlar kam.
Afsuski, hozirgacha respublikamizning dunyo falsafiy jamiyatidan ajralib qolganligi
saqlanib, falsafiy aloqalar G‘arb mamlakatlari va sharq davlatlari olimlari orasida
3
Кармиов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997
4
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва қоидалар. –Т., 2000.
5
Ҳ.Пўлатов. Ўзбек мафкураси: ўзбек миллий уйғониш мафкураси ҳақида. Т., Мулоқот, 1991, №6,7. У.Абилов.
Миллий ғоя: маънавий омиллар. –Т., Маънавият, 1999.
ham, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ham zaifdir. SHuningdek,
mumtoz va zamonaviy falsafiy adabiyotni o‘zbek tiliga hamda vatanimizning eng
yaxshi falsafiy tadqiqotlarini chet tillarga
6
tarjima
qilishning aniq maqsadga
yo‘naltirilgan tizimini joriy etish muhimdir.
Mustaqillik yillarida respublikada «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar
tayyorlash buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv yurtlarida falsafiy fanlarni
o‘qitishning mazmuni tubdan o‘zgardi. YAngi darslik adabiyotlar nashr etilmoqda
7
.
Respublika olimlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining
hozirgi bosqichi talablariga muvofiq keladigan yangi avlod darsliklarini vujudga
keltirishga kirishdilar. Biroq ko‘p hollarda falsafani o‘qitish ma’lum darajada
soddalashtirilgan qoliplarda qolib ketmoqda. Zamon taqozosiga ko‘ra, falsafa
o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, o‘qitish
uslub va vositalarini
takomillashtirish yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish, ya’ni jahon falsafiy tafakkurini
barcha tub mohiyatini har bir talabaga etkazib, ularni mulohaza yuritishga o‘rgatish
imkoniyatini vujudga keltirishdir. Zamonamizning bu va boshqa dolzarb masalalari
o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik
mas’uliyatini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: